Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yangi o`zbekiston –yangi reformalar: Murojaatni o`rganish va ko`rib chiqish bosh vazifamiz


Yangi O'zbekiston — demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlat ekani alohida qayd qilingan.
Bu demokratik o'zgarishlar esa kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, balki xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir.
Xususan Beruniy tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi xodimlari tomonidan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoya asosida o`z xizmat vazifalarini bajarib kelishmoqda.
Xususan, 2022-yil davomida tuman FHDY bo`limiga tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqida guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilingan arizalarga jami 9750 ta guvohnomalar berilgan bo`lib, shundan 547 tasi tug`ilganlik, 573 tasi nikoh qayd qilinganlik, 203 tasi nikohdan ajralganlik, o`lim to`g`risida 197 ta guvohnomalar berilishi ta’minlangan.

Beruniy tumani FXDY bo`limi 2-toifali inspektori
Berdimuratova Dilnoz Genjabaevna