Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF–5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan, Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 670 ta xat va hujjat kelib tushgan bo‘lib, shundan 206 tasi ijro etilgan, 463 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan, fuqarolarning murojaatlari 234 ta, shundan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 224 ta (sayyor qabulda 22 ta), mazkur murojaatlarning 221 tasi hal etilgan bo`lib, 8 tasi ijroda qoldi, hal etilgan murojaatlarning 188 tasi (85 %) qanoatlantirildi, 33 tasiga tushuntirish berildi, 5 tasi taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotga yuborildi.
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 235 tashkilotda 18 ta oʻrganish va 25 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, shundan, 9 ta o‘rganish va 4 ta monitoring ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasi, 5 ta o`rganish va 2 ta monitoring davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil qilish sohasi, 2 ta o‘rganish va 2 ta monitoring inson huquqlarini himoya qilish sohasi, 2 ta o‘rganish va 13 ta monitoring yuridik xizmat faoliyati sohasi, 4 ta monitoring norma ijodkorligi sohasiga oid bo’ldi, oʻrganish va monitoringlar davomida 4615 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi, shuning natijasida 639 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilib, shundan 157 ta (1 tasi 2021-yildan qoldiq) si “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma, 289 tasi ogohnoma, 2 ta jinoiy, 35 ta ma’muriy taklif, 156 ta (2 tasi 2021-yildan qoldiq) si da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 621 130 000 soʻmlik 154 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan ish haqi va ustama to`lovlari undirish boʻyicha 151 ta, moddiy zarar boʻyicha 2 ta da’vo arizalar, yuridik faktni belgilash bo`yicha 1 ta ariza kiritildi va 154 ta da’vo sud tomonidan toʻliq qanoatlantirilib, fuqarolarga umumiy summasi 701 601 000 so`m bo`lgan moddiy va ma’naviy zarar undirilishi belgilandi, shuningdek Nukus tumanlararo Ma’muriy sudiga 2 ta ariza kiritilib, ushbu arizalar sud tomonidan to‘liq qanoatlantirildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 224 560 769 soʻm ish haqi va nafaqa pullari undirib berildi. Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 160 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 35 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, fuqarolarning murojaatlariga asosan jami 447 200 000 soʻm miqdorida fuqarolarga ish haqi va ustama to`lovlari undirib berildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo‘lgan 66 ta hujjatlar, jumladan tuman hokimining 4 ta qarori, boshqa tashkilotlarning 62 ta buyruqlari bekor qilindi.
Davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 4 ta taklif, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 15 ta taklif ishlab chiqildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Hisobot davrida boʻlimga Beruniy tumani hokimining 2 ta, Xalq deputatlari tuman Kengashining 3 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, shundan 1 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim etilganligi sababli qaytarildi, 1 tasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli salbiy xulosa va 3 tasiga ijobiy xulosa berildi.
2022-yil davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquqiy targʻibot boʻyicha 1634 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 718 ta, 831 ta ogʻzaki, 85 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni 1148 tani tashkil etdi.

V.Turaniyazov,
Beruniy tuman adliya boʻlimi inson
huquqlarini himoya qilish va huquqni
qo‘llash amaliyotini o‘rganish
bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi.