Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

QONUNCHILIK VA HUQUQIY SIYOSAT INSTITUTINING VAZIFALARI BELGILANDI


Prezidentning 29.12.2022-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ - 462-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan: Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi; qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yuklatiladi: ma’muriy islohotlar o‘tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o‘rganish; konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
- normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta’sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o‘rganish.
- Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat institutini tashkil etildi. Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Institutning asosiy vazifalari belgilandi:
• Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• qonun loyihalarini ishlab chiqish va parlamentga kiritish bo‘yicha dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishni, qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqish va qabul qilishning barcha bosqichlarida ularning o‘tishini monitoring qilish;
• qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish va amalga oshirilishini monitoring qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• milliy qonunchilikni rivojlantirishni prognozlash sohasida tizimli tadqiqotlarni, ilg‘or xalqaro tajriba, zamonaviy yuridik fan yutuqlari, yuridik amaliyotdan foydalanish asosida ushbu tadqiqotlar natijalarining qonun ijodkorligi ishlariga doir davlat dasturlarini tayyorlash jarayoniga joriy etilishini tashkil etish;
• mamlakatimizda huquqiy siyosatni amalga oshirish, konstitutsiyaviy va davlat qurilishi sohalarida olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni umumiy muvofiqlashtirish belgilab ko‘yilgan.

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
1 –darajali yurist M.Kamalova