Янгиликлар
13
Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2022-yil davomida huquqiy xulosa olish uchun tashkilotlardan kelib tushgan shartnoma va buyruqlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot
Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat kursatish markaziga 2022-yil davomida tashkilotlardan kelib tushgan shártnoma va buyruqlar tahlil qilindi.
Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat kursatish markaziga
2022-yil davomida jami 9754 ta shártnoma va buyruqlar kelib tushdi.
Kelib tushgan shartnoma va buyruqlarning 9721 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo'lib, 29 ta hujjat kamchiliklari sababli rad etildi va 4 ta hujjatga qonunchilikka zid bo‘lganligi uchun salbiy xulosa berildi.
Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlariga Reja asosida huquqiy tarǵibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.
2022-yil davomida Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 120 ta huquqiy tarǵibot tadbirlari o‘otkazilib, shundan o‘tkazilgan oǵzaki huquqiy tarǵibot tadbirlar soni 83 ta, OAV orqali 16 ta va zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalari orqali 21 ta huquqiy tarǵibot tadbirlari o‘tkazildi.
Bunndan tashqari, Markaz tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 3 ta holatda adliya bo‘limiga xabarnomalar berilib, xabarnomalarga asosan Qorao'zak tumani adliya bo'limi tomonidan taqdimnomalar kiritildi.
Tahlil natijasida 2022-yil davomida Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga huquqiy xulosa olish uchun tashkilotlardan kelib tushgan shartnoma va buyruqlar quyidagi hujjatlarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
- shaxsiy tarkib bo‘yicha 3436 ta;
- mehnat ta’tili bo‘yicha 1233 ta;
- xizmat safari 555 ta;
- umumiy masalada 1394 ta;
- mehnat shartnomasi yuzasidan 1103 ta;
- fuqarolik shartnomasi yuzasidan 2000 ta;
Qorao'zak tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi