Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Tug`ilganlikni ro`yxatga olishda kompozit xizmatlarning ahamiyati va xalq uchun qulayliklari haqida



Hozirgi kunda tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani olish, bolani ota yoki onasining doimiy yashash joyiga va poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish hamda MTMga navbatga qo‘yish xizmatlari bitta ariza bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda, tug‘ruqxonadan bola tug‘ilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, FHDYo bo‘limida bola tug‘ilganligini qayd qilish, bolani otasi yoki onasining doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yish, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish, poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish va bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish kabi harakatlar elektron ravishda bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun birgina FHDYo bo‘limiga murojaat qilishning o‘zi kifoya. Mazkur davlat xizmatlarining kompozit tarzda ko‘rsatilishi fuqarolar tomonidan ortiqcha hujjat to‘plash, davlat idoralari o‘rtasida sarson bo‘lib, eshikma-eshik yurishlariga barham berdi.
Natijada, ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish orqali iqtisod qilingan vaqt va mablag‘lar farzandlarini bekamu-ko‘st ulg‘aytirishga, ularga ta’lim-tarbiya berishga zamin hozirlaydi.


Amudaryo tumani FHDYo bo`limi mudirasi v.v.b. M.Eshmuradova