Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar H I S OB O T I


Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi, tuman adliya bo‘limiga hisobot davrida 303 ta xat va hujjat kelib tushgan va 173 tasi ijro etilgan, fuqarolarning murojaatlari 146 ta, hal etilgan murojaatlar soni 141 ta, qanoatlantirilgan murojaatlar 125ta, tushuntirish berilganlari 16 tani, shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 121 ta tashkil qiladi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan 104 tashkilotda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan 15 ta o‘rganish va 8 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 5 169 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shuning natijasida 565 ta huquqiy ta’sir choralar qo‘llanilib, shundan 134 tasi taqdimnoma, 236 tasi ogohnoma, 31 tasi ma’muriy bayonnoma, 164 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish bo‘yicha sudlarga 164 nafar xodimga umumiy miqdori 1032 949 000 so‘m undirish bo‘yicha arizalar kiritilib, qanoatlantirildi.
Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan xodimlarga jami 609 million so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan 125 ta hujjatlar bekor qilindi, 10 ta hujjatning ijrosi to‘xtatildi.
Fuqarolar murojaatlari asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 48 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 31 xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 13 ta taklif kiritildi.
Hisobot davrida bo‘lim tomonidan tuman hokimining 9 qarori va Xalq deputatlari tuman Kengashining 4 qarori huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Huquqiy targ‘ibot bo‘yicha 1 632 ta tadbir, shundan 991 ta og‘zaki, OAV larda 559 ta, 82 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonun hujjatlar soni 1158 tani tashkil etdi.
Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida 4 xodim faoliyat yuritib, tumandagi 121 tashkilotga yuridik xizmat ko‘rsatadi, 12 oy davomida 15848 hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, tuman Davlat xizmatlari markazida 10 xodim faoliyat yuritib, hisobot davrida jami joyiga chiqqan holda 3461 say’yor xizmat, 44972 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi, tuman FXDYO bo‘limi tomonidan 12 oy davomida 3893 tug‘ilish, 1482 nikoh, 689 o‘lim fakti va 142 nikohdan ajralish qayd etildi.
Shuningdek Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi tomonidan yangi qabul qilinayotgan Qonunlar, Farmonlari, qarorlari yuzasidan hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.Ellikqal’a tuman adliya bo‘limi xodimlari «Yangi O‘zbekiston —xalqchil va insonparvar davlat» g‘oyasini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda aholini tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish, o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida mas’uliyatlarini yanada oshiradilar.

Ellikqal’a tuman adliya
bo‘limi boshlig‘I
U.Atadjanov