Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qorao'zak tumani adliya bo'limi tomonidan 2022 yil 4 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot


Qorao'zak tumani adliya bo'limiga 2022 yil 4 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
Qorao'zak tumani adliya bo'limiga 2022 yil 4 choragi davomida jami 212 ta ya'ni, 109 ta shikoyat va 103 ta arizalar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 212 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 191 ta murojaat yoki 90,0 foizi qanoatlantirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e'tibor qaratilib, ularni o'z vaqtida va sifatli o'rganib chiqish choralari ko'rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni muallif ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rildi.
Xususan, kelib tushgan murojaatlarning 16 tasi bevosita murojaat muallifi ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqilib, hal qilindi.
Shuningdek, 21 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.
II. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan qullanilgan ta'sir choralar bo'yicha:
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 6 ta taqdimnoma va sudlarga 870.230.200 so'mlik 42 ta da'vo arizalari kiritildi.
Qullanilgan ta'sir choralari natijasida, 2 nafar shaxs intizomiy javobgorlikka tortilib, 905.766.600 so'mlik pul mablag'lari tegishli tartibda fuqarolarga qaytarildi yoki to'lab berildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida
Tahlil natijasida murojaatlarning quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
- mehnat nizolari masalasida 82 ta;
- ijtimoiy himoya bilan bog'liq masalaga oid 7 ta;
- uy-joy masalasida 2 ta;
- soliq sohasiga oid masalasida 3 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 118 ta;
Mehnat nizolari masalasida kelib tushgan murojaatlarda asosan ish haqilarini o'ndirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan pensiyaga chiqish pensiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pensiyani hisoblash, qayta hisoblash va to'lash holatlari shuningdek, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va yerga doir sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan, fuqarolar o'rtasidagi o'zora yerga va uy-joyga oyd da'volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko'paygan sohalarni ish rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o'rganishni tashkil qilish;
- murojaatlar ko'paygan sohalarga mas'ul bo'lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish;
- qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko'proq shikoyatlar kelib tushgan bo'lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish.

Qorao'zak tumani adliya bo'limi boshlig'i A.Otarbaev