Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

TADBIRKORLARNI TEKSHIRISH TARTIBI O'ZGARTIRILDI


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror imzolandi.
Mazkur qarorga muvofiq , joriy yilning 1 noyabridan boshlab:
•tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olinadi. Ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi.
•o'tkazilgan tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to'g'risida ma'lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur axborot tizimiga kiritiladi.
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va ularning ochiqligini ta'minlash, shuningdek, davlat nazorati funktsiyalari, majburiy talablar va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini yuritishga qaratilgan bo'lib, ushbu tizim Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil tomonidan nazorat qilinadi.
Qaror bilan quyidagi tartib o'rnatilmoqda:
-nazorat qiluvchi organlar:
•“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o'tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub'ektini xabardor qiladi;
•tadbirkorlik sub'ektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob'ekti bo'yicha qayta tekshiruv o'tkazishga va tadbirkorlik sub'ekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
•profilaktika tadbirlarini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik sub'ektlari moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiradi;
- tadbirkorlik sub'ektlari mansabdor shaxslarni quyidagi hollarda tekshiruv o'tkazish uchun o'z hududiga qo'ymaslik huquqiga ega:
•tekshiruv o'tkazish to'g'risidagi buyruq o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda;
•tekshiruv belgilangan tartibda Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan yoki u xabardor etilmaganda;
•tadbirkorlarni tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo'lmaganida;
•ular Tekshiruvlarni ro'yxatga olish kitobiga ma'lumotlarni kiritishdan bosh tortganida.
2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funktsiyalari reyestriga kiritilmagan funktsiyalar bo'yicha tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, mas'ul organlarga quyidagi topshiriqlar berilgan:
•davlat nazorati funktsiyalari va tekshiruvlarni qisqartirish bo'yicha takliflarni kiritish;
•Tekshiruvlarni ro'yxatga olish kitobini to'ldirish tartibini, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo'yiladigan minimal talablarni tasdiqlash.
Shuningdek, mazqur qaror bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom bilan amaldagi Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida Nizom (07.01.2021 yildagi 1-son VMQga 2-ilova) yangi joriy etilayotgan normativ hujjat bilan to'ldirilmoqda va takomillashtirilmoqda. Nizom tekshiruvlarni nafaqat soliq organlari, balki har qanday nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkazilishi tartibini joriy etadi


To`rtko`l tuman Adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish Markazi
bosh yuriskonsulti N.Abduraxmanova