Янгиликлар
30
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
Joriy yilning 28-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi PF-257-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi o’rinlarda – Akademiya) tashkil etilib, und jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog’liqligini ta’minlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o’quv tizimi yo’lga qo’yiladi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari, o’quv va moddiy-texnika bazasi Akademiyaga o’tkaziladi.
Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Akademiyada 2023/2024-o’quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura bo’yicha to’laqonli o’quv jarayoni tashkil etiladi.
Akademiyada ta’lim olish muddati bakalavriat dasturi bo’yicha – uch yilni, tergov faoliyati yo’nalishidagi magistratura dasturi bo’yicha – bir yilni tashkil qiladi.
Akademiyaning tergov faoliyati yo’nalishidagi har yilgi qabul kvotalari bakalavriat dasturi bo’yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura dasturi bo’yicha – 50 nafargacha oliy yuridik ma’lumotli vakolatli davlat organlari xodimlari tashkil etadi.
Akademiyada o’qish yakunlari bo’yicha yuqori natijalarga erishgan vakolatli davlat organlari xodimlari Akademiyaning tergov faoliyati yo’nalishi bo’yicha magistraturasin tugatishi bilan, qoida tariqasida, ilgari egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi.
Akademiyada o’qish davri vakolatli davlat organlari xodimlari uchun pensiyaga chiqish, unvon (daraja) olish va ko’p yillik xizmatini hisoblash huquqini beruvchi umumiy xizmat (harbiy xizmat) stajiga o’qishning bir yili xizmat (harbiy xizmat)ning bir yiliga tenglashtirilgan holda kiritiladi.
To’rtko’l tuman
adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi Saparboyev Nursulton