Янгиликлар
21
9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Butun dunyo boёylab 9 dekabr kuni Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil
21-noyabrdagi rezolutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab"9 -dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
2003-yil 9-dekabr kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.
Bosh Assambleya rezolutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili o‘rtacha 1 trillion dollar mablag‘ korrupsion maqsadlarda sarflanadi. Har yili dunyo iqtisodiyoti korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar miqdorida zarar ko‘radi.
“Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021-yil uchun chiqargan Korrupsiya indeksidan ma’lum bo’lishicha, dunyo mamlakatlarining 86 foizi oxirgi 10 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda biror ijobiy siljishga erishmagan.
O’zbekiston (28) oxirgi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha o’z reytingini yaxshilab bormoqda. 2012-yildan beri mamlakatning indeksdagi ko’rsatkichi 11 ballga o’sgan. Demokratlashtirish jarayonini jadallashtirib, shuningdek, hukumat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashni jonlantirib, O’zbekiston mintaqada boshqalar uchun namuna bo`lmoqda, deyiladi hisobotlarda. Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, Korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir.
Beruniy tumani adliya
bo`limi bosh maslahatchisi
Sh.Ismailov