Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.


Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish maqsadida:
    2022-yil 1-yanvardan ko‘rsatilishi uchun undiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar miqdori kamaytiriladigan davlat xizmatlari ro’yxati;
    Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari ro’yxati;
    2022-yil 1-yanvardan ayrim turdagi ma’lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro’yxati;
    2022-yil 1-yanvardan ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari ro’yxati;
    Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha yo’l-xaritasi;
    Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi komissiyasi tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni tanishtirib o’tdi.
Bundan tashqari 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:
quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:
-    tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
-    litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;
-    davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;
-    qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;
-    kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;
-    jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;
-    oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
-    jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;
-    jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;
-    fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;
-    o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
-    oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;
-    b) quyidagi hujjatlarni:
-    moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
-    jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
-    ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi
ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinishi bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni Farmonda belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olishi lozimligi to’g’risida yoritib o’tilgan.

N.Xadjiyev
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori.