Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 30 yilligi.


«Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida» Qonun 14-dekabr 1992-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining XI sessiyasida qabul qilingan.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir va Qoraqalpog'iston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i:
Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida bo'lib o'tadigan xalqaro konferentsiyalarda, taqdimotlarda, sport musobaqalarida Qoraqalpog'iston Respublikasini tanitadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'ri burchakli – bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan moviy rang, to'q sariq va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklida. To'q sariq rangning chetini oq va qizil hoshiyalar ajratib turadi.
Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli hisoblanadi. Sariq rang esa, Qoraqalpog'iston aymog'ining ulkan qismi sahrolardan iborat yekanligini bildiradi. Yashil rang tabiatning yangilanishi, ma'naviy yasharish, ishonch va quyoshning belgisi. Bayroq tagi yangi tug'ilgan oy musulmonlarnning muqaddas timsoli bo'lsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpog'istonning qadimiy va navquron besh shahri – Qoraqalpog'istonliklarning turmush va ishonch qo'rg'onlarining timsoli hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan bayram kunlarida – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tuman va shahar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko'chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va ob'ektlarda;
-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini, Senati a'zolarini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlarini, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining deputatlarini saylovi yoki ovoz berish o'tkazilayotgan binolar va xonalarda;
-Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumat buyrug'i bo'yicha:
-sport musobaqalari – Qoraqalpog'iston Respublikasi chempionatlari va birinchiliklari, milliy terma jamoalar ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida xalqaro sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida hamda milliy terma jamoalarining vakillari bo'lgan g'oliblarini mukofotlash marosimlari vaqtida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i ko'tarilgandan keyin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'i unga bo'lgan tegishli darajadagi hurmat ko'rsatilgan holda umumxalq bayramlari va tantanali marosimlar vaqtida ko'tarilishi mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i bilan bir vaqtda bir necha davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlarning bayroqlari ko'tarilganda Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro huquq normalariga muvofiq ko'tariladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, Qoraqalpog'istondagi boshqa shaxslar Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.
Shu bilan birga davlat ramzlariga nisbatan noqonuniy xarakatlar uchun  javobgarliklar mavjud bo'lib O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksdaning 2031-modda. Davlat ramzlari to'g'risidagi qonunchilikni buzish.
O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to'g'risidagi qonunchilikni buzish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa-uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, -fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi deb belgilangan.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham javobgarlik mavjud bo'lib, 215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish -
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish belgilangan.


Amudaryo tuman adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi
bosh yuriskonsul`ti                                                                    M.G.Matyusupov