Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish javobgarlikka sabab bo'ladi


Ma'lumki, har qanday mustaqil davlat singari O'zbekiston Respublikasining qonunlarida mustahkamlangan davlat ramzlari ya’ni bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O'zbekistonning amalda mustaqilligini  tasdiqlaydi.
    O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir, ularni har qanday yo'l bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka  sabab bo'ladi.
    Avvalombor, davlat ramzlari haqida gapirganimizda, dastlab, ularning mohiyati va tarixiy kelib chiqishi haqida bilishimiz zrur.
    Davlat bayrog'i bu tasviri qonunlar bilan  o'rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi asosiy belgisidir. U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o'zboshimchalik bilan ixtiyoriy suratda belgilanmaydi.
    O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
    Davlat bayrog'i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi idoralarning binosida ko'tariladi.
    Davlat bayroqlari shuningdek, davlatlarning rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham ko'tariladi.
    Davlat ramzi hisoblangan bayroqdan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
    O'zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda O'zbekistonda turgan boshqa shaxslar O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.
    Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'ini behurmat qilganlik, O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolashga sabab bo'ladi.
    Xususan, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 2031-moddasida davlat ramzlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
    Xususan, O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish, —
    fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilangan.
    Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
    O'zbekiston Renspublikasining Jinoyat kodeksining 173-moddasida esa “O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.
    Ushbu xatti-harakatlar, qonunga xilof ravishda davlat bayrog'ini yoki gerbini yirtish, yo'q qilish, shikast yetkazish, shuningdek, ularni bulg'ovchi belgi, rasmlar yoki yozuvlar kiritish, madhiyani ijro etishda musiqa va so'zlarni qasddan buzib aytish va hokazolar bilan sodir etiladi.
    Ta'kidlab o'tish zarurki, jamoat joylarida davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 215-moddasi va Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
    Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish javobgarlikka sabab bo'ladi. Shu sababli,barcha fuqarolar davlat ramzlarini hurmat qilishlari shart.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i.