Янгиликлар
29
Kommunal xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarda kimlarga imtiyozlar beriladi ?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.04.2015 yildagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq 2022-yilning 1-martidan boshlab, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga (nafaqasiga), har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar, pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to’lab beriladi.
Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari :
1) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%;
2) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan 45%;
3) O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarga (nafaqa oluvchilar), pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan 45%;
4) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar. Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari, Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan 45%;
5) 1941 — 1945-yillardagi urushning mehnat fronti qatnashchilariga, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan 25%;
miqdorlarida Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to’lab beriladi.
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bo‘sh yuriskonsulti R.Komekbaev