Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Uy-joy uchun subsidya kimlarga beriladi va uning tartibi haqida


Mazkur sarlavhani yoritishdan maqsad subsidiya nima, kimlarga beriladi, uni olish uchun qanday ma’lumotlar taqdim qilinishi kerak, shuningdek, qayerga murojaat etish tartibini tushuntirish orqali fuqarolarning ortiqcha sansalorlikka yo‘l qo‘yilishini oldini olish.
Subsidiya bu – daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ hisoblanadi.
Ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish uchun talabgor tomonidan subsidiya olishga faqatgina ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tgan hududi bo‘yicha beriladi. Bunda qishloq joylarda birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga, Shaharlarda esa dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy qiymatining
10 foizi miqdorida mablag‘ to‘lanadi. Toshkent shahrida birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida
10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Bu turdagi subsidiyalar faqatgina 18 yoshdan oshgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga, og‘ir ijtimoiy holatdagi xotin-qizlarga, mamlakat ijtimoiy hayotida faol yoshlarga va shu toifadagi O‘zbekiston fuqarolariga ajratiladi. Fuqaro mehnat migranti bo‘lsa, uning nomidan oila a’zolari ham ariza berishi mumkin.
Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Subsidiya olish quyidagi hujjatlar talab etiladi: passport, oila a’zolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo‘lganda) va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo‘lsa) nusxasi, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to‘g‘risida FHDYO organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda), doimiy yashash joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar, doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo‘yicha) nusxasi, ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan dromad soliqlari haqida ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).
Subsidiya ariza topshirgan har bir talabgorga berilavermaydi.
Subsidiya ajratish quyidagi mezonlarga asosan rad qilinadi:
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
2.Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro o‘z tanloviga ko‘ra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablag‘ shaklida olishi mumkin bo‘ladi.


V.Turaniyazov
Beruniy tuman adliya bo`limi inson huquqlarini
himoya qilish va huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish
bo`linmasi yetakchi maslahatchisi