Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

bilasizmi


Savol bering javob beramiz? Kanday xollarda otalikdan maxrum kilish mumkin?

JAVOB:  

Oila kodeksining 79-moddasiga ko'ra ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

➖ ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;

➖ uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

➖ ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;

➖ muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;

➖ o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Mazkur kodeksning 80 moddasiga binoan ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Amudaryo tumani FXDY inspektori Palvanova Roxatoy