Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati


Ma'lumki, dunyodagi har bir xalq, millat o'z istiqloliga erishganidan so'ng jahonda yangi mustaqil davlat sifatida tashkil topganligi, maqsadi, kelajak istiqbollarini o'z Konstitutsiyasida belgilab qo'yadi. Chunki, Konstitutsiyada  xalqning va millatning siyosiy tafakkuri, ma'naviyati hamda madaniyati bilan bevosita uzviy bog'liqdir.
    Shu ma'noda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqimiz tabiatiga mos barcha ma'naviy-madaniy qadriyatlarni, xalqimiz donishmandligini, axloqiy fazilatlarini o'zida mujassam etgan.
    Asosiy qonunimiz yillar davomida xalqimizning dilidan joy oldi.
Ayniqsa, inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini va majburiyatlarini o'zida mujassam etgan dasturul amal sifatida namoyon bo'lganligi, inson qadr-qimmati yurtimizda nihoyatda yuksak qadrlanishidan darak beradi.
    O'tgan yillar davomida, Konstitutsiyamizning mukammalligi, hayotiyligi, uning kelajakning ham talablariga to'la javob bera olishi isbotlandi.
    Bu esa,istiqlolning ilk yillarida yurtboshimiz tomonidan Asosiy qonunni yaratish yo'lida amalga oshirilgan ulkan va mashaqqatli mehnatlarning samarasidir.     O'tgan davr ichida mamlakatimizning barcha iqtisodiy-ijtimoiy sohalarida Konstitutsiya normalari asosida yuksak marralarga erishildi.
    Mamlakatimizda inson huquqi oliy qadriyat sifatida belgilanadi. Buni, Konstitutsiyaning 22-moddasida davlat o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko'rsatishi, shuningdek konstitutsiyaning 23-moddasida Respublika hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq himoyalanishi kafolatlab qo'yilganligining o'zi ham bunga yaqqol guvohlik beradi.
    Muhim jihatlardan biri, Konstitutsimizning 13-moddasida, “O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
    Shuningdek, mamlakatimizda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” deb belgilab qo'yilgan.
    Shu asnoda, asosiy qonunning 93-moddasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir” deb belgilab qo'yilganligining bevosita guvohi  bo'lamiz.
    Bu esa, o'z navbatida, Konstitutsiyaviy normalar asosida mamlakat rahbarining har bir inson haq-huquqlari uchun shaxsan kafil ekanligini ko'rsatib turibdi.
    O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va mustaqillik yillarida qabul qilingan barcha qonunlarimiz, olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquq va erkinliklarini ta'minlashga va to'laqonli  himoya qilishga yo'naltirilgan.
    Eng muhimi, mamlakatimizda davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq, Inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi ratifikatsiya qilindi va undagi insonparvar mezonlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy me'yorlariga aylandi desak, aslo xato bo'lmaydi.
    Shu bilan bir qatorda,mamlakatimizda  har bir insonning o'z haq-huquqlarini bilib olishi uchun yetarli sharoitlar tashkil qilindi. Shu boisdan ham  vaqit o'tishi bilan  Konstitutsiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi o'rni va ta'sirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz va unga bo'lgan hurmat-e'tiborimiz tobora ortmoqda.
    Ta'kidlab o'tish kerakki, har qanday demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a'zolarining qonun oldidagi tengligi, Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta'minlanganidir. Shu asnoda, mamlakatimizda Konstitutsiyaning ustuvoriligini ta'minlash, ya'ni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga yuklatilgan.
    Xulolsa o'rida aytganimizda,  Konstitutsiya – tom ma'noda taraqqiyotimiz garovi bo'lib, barcha fuqarolar qonunlarga qat'iy amal qilsalar, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini sidqidildan va vijanon ado etsalar, o'z-o'zidan Yangi O'zbekistonimizning dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga va mamlakatimizning yanada jadal rivojlanishiga  o'z hissasini qo'shgan bo'lardi.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi bosh