Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Bola huquqlari qonun himoyasida


18 yoshga to'lmagan shaxs bola hisoblanadi. Bolalar bizning kelajagimiz. Albatta har bir bolga alohida mehr ko'rsatishimiz, ularga ta'lim olishlari, o'sib ulg'ayishi uchun biz ota-onalar sharoit yaratib berishimiz  kerak. Shu bilan bir qatorda sport bilan shug'ullanishlari, chet tilini bilishlari uchun ham qiziqtirib, haqiqiy Vatanparvar qilib tarbiyalashimiz biz ota-onalar uchun farz hisoblanadi. Albatta bola huquqlari qonun himoyasida bo'lishi kerak.    
Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
bolaning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish;
bolaning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;
bolaning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta'minlash;
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish bo'yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta'minlash;
bolalarning jismoniy, intellektual, ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ko'maklashish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag'rikenglik va tinchliksevarlik tuyg'ularini tarbiyalash;
bolani O'zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma'naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
bolalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
bola huquqlarini ta'minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasida hamkorlik qilish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
bolalarning ijtimoiy ko'nikmasiga, voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko'maklashish.
Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo'llab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko'rsatilishini ta'minlaydi.

Nukus shahar Adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                         A.Seytnazarov