Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Veterinariya faoliyatiga litsenziya olish soddalashtirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida  Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21-fevraldagi Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi 80-son qaroriga asosan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning pasporti tasdiqlandi.
Mazkur Veterinariya faoliyatini litsenziyalash pasporti jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya faoliyatini litsenziyalashda Davlat xizmatlari markazlarining maxsus elektron tizim office.licenses.uz orqali, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish, tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirishda jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy kabineti (licenses.gov.uz) orqali ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Veterinariya faoliyatning litsenziyalanayotgan yo‘nalishlari
a)    veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari;
b)    veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash;
c)    veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JShShIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
•    bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
•    bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni
Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i:                    A.Ababekov