Янгиликлар
18
Korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasi
Jinoyatchilik va korrupsiya jamiyat va davlatning demokratik rivojlanishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarining jiddiy buzulishiga olib keladi. Barchamizga maʼlumki, qonunbuzilishi holatlarini aniqlashdan koʻra ularni oldini olish koʻproq samara beradi. Shu sababli,yurtimizda bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etilgan bo‘lib, 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hozirgi kunda yurtimizda aholining asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Hammamizning oldimizda turgan eng muhim masala bu yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2016 -yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shu bilan birga hurmatli prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni mamlakatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» deb e'lon qilinganligi ham huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshrilgan katta qadamlardan biri bo’ldi.
Sho’manoy tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Kazakbaeva