Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar” larga kiritilgan fuqarolarga qanday imtiyozlar bor?


Mamlakatimizning jadal iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bosqichida aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, kambag`allikni qisqartirish borasida keng ko`lamli islohotlar davom etmoqda.
Xususan, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”larga kiritilgan fuqarolarga keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ва aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi  to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoni bilan iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kambag‘allikni qisqartirish ва uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishning poydevorini yaratishga doir tadbirlar belgilangan.
Jumladan, ishsiz aʼzolari bor oilalarga, jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» ва «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun:
dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish;
ajratilgan yer maydonlari sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi ва boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan taʼminlash;
berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish ва boshqalar) subsidiya ajratish;
tadbirkorlik ва o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» ва «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratish belgilangan.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qaroriga muvofiq “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xo‘jaligi maqsadlari uchun yerlarni ajratish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarda ustuvorlik berilishi belgilandi.
Daftarlarga kiritilgan fuqarolar tomonidan yerlarni ijaraga olishda ustuvorlik berish va qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga muvofiq aholining mazkur qatlamlariga nisbatan qo‘shimcha imkoniyat beruvchi 1,1 ballga teng koeffitsiyentni qo‘llash belgilandi va tanlovda ishtirok etishda zakalat to‘lovidan ozod etish ko‘zda tutildi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda ro‘yxatda turgan barcha ehtiyojmand oilalarga, jumladan 2022-yil 1-mart sanasidan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berildi. Ular uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlarni 1,3 ballgacha ko‘paytirish va shu bilan tanlovlarda ishtirok etayotgan boshqa talabgorlarga nisbatan 30 foiz ustunlik berish yo‘lga qo‘yildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-maydagi “O`zbekiston respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 252-sonli qaroriga asosan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun — 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6260-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi, yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi ““Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 637-sonli qaroriga ko`ra, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining kafilligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasining kafilligi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasining kafilligi asosida yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joyni qurish ishlari uchun 33 million so‘mgacha kredit ajratilishi belgilab berildi.


Beruniy tumani Adliya bo`limi
Yuridik  xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti                            B.Egamberdiyev