Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilikdagi yangiliklar


2022-yil 3-noyabrda “Standartlashtirish to’g’risida”gi qonun O’zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan, O’zbekiston Respublikasining milliy standartlashtirish tizimi belgilandi. Unga ko’ra Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Standartlashtirish bo’yicha milliy organ, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar O’zbekistonning milliy standartlashtirish tizimi etib belgilandi.
Shuningdek, 2022-yil 3-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-414-son qarori qabul qilindi. Unga ko’ra 2023-2024 o‘quv yilidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar,  Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar, O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar, Оlimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport yo’nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan “Pahlavon Mahmud” nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi.
2022-yil 8-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporotiv munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-415-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko’ra 2022-yil 1-dekabrdan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda, aktivlarining balans qiymati BXMning yuz ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 % va undan ko’p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitary korxonalarida ichki auditni o’tkazish, MCHJning ta’sis shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish, MCHJ vakillariga umumiy yig’ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash, MCHJda zaxira jamg’arma tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 % etib belgilash bekor qilinadi. Shuningdek, 2023-yil 1-martdan unitary korxona yoki qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida tashkil etish to’xtatiladi.  
2022-yil 9-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Tadbirkorlik faoliyatini davlat  tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-244-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi. Farmonga ko’ra 2023-yil 1-yanvardan tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda eʼlon berish, yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish, elektron shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish, YTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish bekor qilinadi. Shuningdek, 2023-yil 1-martdan soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                        Qurbanbayev Ilxom