Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qonunchilikdagi muhim yangiliklar


Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, mamlatimizda elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi, ochiqligi va shaffofligi, shartnomalar tuzishning ihtiyoriyligi shuningdek sub'ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida joriy yil 21-iyunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilingan va 2022-yil 13-sentabrda Senat tomonidan ma'qullangan O'zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to'g'risida”gi  O'RQ-792-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun umumiy tartibda 7-bob va 33-moddani o'z ichiga olgan. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.
    Ushbu qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining elektron tijorat to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llanilishi jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.
    Qonun bilan, raqamli mahsulotlar, elektron savdo maydonchasi, elektron savdo maydonchasining operatori, elektron tijorat, elektron tijorat operatori va elektron tijorat sub'ektlari kabi asosiy tushunchalar qo'llaniladigan bo'ldi.
    Mazkur qonunning 2-bob 6-moddasiga asosan, elektron tijorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash, davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshirish, elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o'z vakolatlari doirasida qabul qilish va elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta'minlash sohasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari belgilangan.
    Ushbu qonunning 3-bob 8 va 9-moddalariga ko'ra, Elektron tijoratda tovarlarni sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda sotuvchi deb yuritiladi), shuningdek elektron tijoratda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridori, iste'molchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ham qat’iy belgilangan.
    Bundan tashqari,Qonunning 4-bob 14-moddasiga muvofiq, elektron tijoratda shartnoma taraflar o'rtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo'li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish tartiblari ham qat’iy aniqlashtirib berilgan.
    Muhim o'zgarishlardan biri, Qonunning  5-bob  22-moddasiga ko'ra, naqd pul mablag'lari bilan — naqd pul mablag'lari to'lov vositasi tarzida virtual terminallar («E-POS») orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risidagi axborotni o'zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish hamda pul mablag'larini bank hisobvarag'idan o'tkazish orqali — pul mablag'larini bank hisobvarag'idan (shu jumladan bank kartalarining hisobvarag'idan) o'tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat ko'rsatish tizimi) orqali yoki to'lov tashkilotining tizimi orqali o'tkazish vositasi orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.
    Shuning bilan birga, Qonunning 25-moddasiga ko'ra,elektron tijoratda tovarlarni yetkazib berish tartiblari ham aniqlashtirib berildi.
    Jumladan, endilikda agarda shartnomada tovarni yetkazib berish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa va mazkur muddatni aniqlash mumkin bo'lmasa, tovar xaridor tomonidan aktsept qabul qilingan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan oshmaydigan muddatda yetkazib berilishi kerakligi belgilandi.
    Shuningdek, qonun bilan sotuvchi tomonidan tovarni xaridorga yetkazib berish muddatlari buzilgan taqdirda, sotuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligi ham qat’iy belgilandi.
    Yana bir muhim o'zgarishlardan biri, qonunning 26-moddasiga asosan,endilikda elektron tijoratda nuqsonli tovarni almashtirib berish va (yoki) tovarning nuqsonlarini bartaraf etish tartiblari ham aniqlashtirib berildi.
    Unga ko'ra, xaridor tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir nuqsonlarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda, sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirish zarur bo'lganda esa xaridor talab qo'ygan paytdan e'tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shartligi belgilandi.
    Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak,ushbu yangi Qonun tom ma'noda, endilikda  mamlatimizda elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi, ochiqligi va shaffofligi, shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi shuningdek, elektron tijorat  sub'ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini to'laqonli  himoya qilishning institutsional huquqiy asoslari yaratilgan bo'lib, elektron tijorat  sohasini tubdan takomillashtirishga  xizmat qilishi shubhasiz.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i.