Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qonunchilikdagi yangiliklar


Aytish kerakki, o'tgan so'nggi xafta maboynida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid bir qator  qonunlar va qonunosti hujjatlari  qabul qilindi.
    Xususan. Joriy yilning 26-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Fuqarolarnining davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'RQ-795-son Qonuni imzolandi.  
    Mazkur Qonun bilan, 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiruvchi quyidagi ayrim huquqiy normalar amalga kiritilishi belgilandi.
    Jumladan, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanshi hamda I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi tegishli yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi belgilandi.
    Bundan tashqari, 2022-yil 27-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'RQ–797-son Qonuni  bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.
    Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta'minlash holati to'g'risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etilishi belgilandi.
    Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo'yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanishi belgilandi.
    Muhim o'zgarishlardan biri, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-oktabr kuni “O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida”gi O'RQ-798-son Qonuni bilan  Mehnat kodeksi yangi  tahrirda qabul qilindi.
    Mazkur Kodeksga ko'ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog'liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:
    Xususan, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo'l qo'yilmaslik qat’iy belgilab qo'yildi.
    Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg'ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
    Qonun bilan Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni ta’minlashi belgilandi.
    Bunda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
    14 yoshga to'lmagan bolalari, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona, shuningdek ko'p bolali oilalardagi ota-onalar;
    umumiy o'rta va o'rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar;
    “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlarining davlat grantlari bo'yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
    Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslar;
    nogironligi bo'lgan shaxslar;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);
    jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar;
    odam savdosidan jabrlanganlar.
    Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o'tgach kuchga kirishi belgilandi.
    Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabr kuni «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.
    Ushbu qaror bilan quyidagilar bekor qilinishi belgilandi.
    Xususan, retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro'yxatini Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash. Bunda dori vositalarining retsept bo'yicha va retseptsiz berilishi ularning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalarda belgilangan tartibda amalga oshirish, dori moddalarini (substantsiyalarni) davlat ro'yxatidan o'tkazish va O'zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining ro'yxatdan o'tkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish.
    Muhim o'zgarish sifatida,  mazkur qorarga ko'ra, dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023-yil 1-maydan boshlab, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro'yxatdan o'tkazilganda dori vositalari narxlari, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtirish tartiblari belgilandi.
    Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 19-oktabr kuni “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 611-son qarori qabul qilindi.
    Ushbu hujjat bilan, tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobini to'ldirish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
    Qarorga ko'ra, endilikda tekshirishlarni ro'yxatga olish kitobi faqat elektron shaklda yuritiladigan bo'ldi. (ilgari qog'oz shaklda ham yuritish mumkin bo'lgan).
    Shuningdek,mazkur  qaror bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:
    Xususan, nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom hamda Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo'yiladigan minimal talablar.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi,
yuridik xizmat ko'rsatish markazi
boshlig'i.