Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020–2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4889 sonli qarorining mazmun-moxiyati


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020–2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4889 sonli qarorining mazmun-moxiyati.

2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889 son Qarorga muvofiq Respublikamizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularga qulayli shart-sharoitlar yaratish, imtiyozlar berish orqali ishlab chiqarish korxonalarini yanada ko'paytirish va pirovard natijada aholini doyimiy ish bilan ta'minlash, ularning daromadini oshirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy, suyultirilgan gaz, ko'mir, ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasini oshirish, yo'llarni ta'mirlash, ijtimoiy soha ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, shuningdek qishloq xo'jaligida yuqori hosildorlikning asosiy zaminlaridan biri bo'lgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish belgilangan.
Shuningdek qaror bilan:
a) bo'sh turgan bino-inshootlar va yirik bo'lmagan davlat aktivlari tadbirkorlik sub'ektlariga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi Raisining qarori bilan Bosh vazir o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov bilan kelishilgan holda soddalashtirilgan tartibda taqdim qilish tartibi;
b) tuman hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazish orqali, investitsiya (kamida 50,0 ming dollar ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda, sug'oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer maydonlarini ajratish to'g'risida mustaqil qaror qabul qilish va ushbu qarorlarni tegishli shahar va tuman xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash tartiblari;
v) Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarini jadal rivojlantirish maqsadida har bir tumanning o'ziga xos “o'sish  nuqtasi” (To'qimachilik sanoati, kunjutni qayta ishlash)deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub'ektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar yer solig'i, mol-mulk solig'i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatьiy miqdordagi daromad solig'i to'lashdan ozod qilish;
g) Qoraqalpog'iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past hisoblangan Taxtako'pir, Bo'zatov, Shumanay tumanlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ushbu hududlarda yangidan tashkil etilayotgan sanoat yo'nalishidagi tadbirkorlik sub'ektlari 2024 yil 1 yanvariga qadar:
yer solig'i, mol-mulk solig'i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatьiy miqdordagi daromad solig'i to'lashdan ozod qilish.
foyda solig'i va suv solig'i stavkalari amaldagi belgilangan soliq stavkalarining 50 foizi miqdorida belgilash;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha olib kiriladigan va faqatgina o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruktsiyalar, xom-ashyo uchun bojxona to'lovlari to'lashdan (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno) ozod qilish;
d) qaror loyihasining 10-ilovasida ko'rsatib o'tilgan 45 ta mahallalar hududlarida yangidan tashkil etilayotgan xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi tadbirkorlik sub'ektlari 2025 yil 1 yanvariga qadar:
foyda solig'i, yer solig'i, mol-mulk solig'i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatьiy miqdordagi daromad solig'i to'lashdan ozod qilish;
biznes-loyihalariga tijorat banklari tomonidan Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish;
biznes-loyihalariga ajratiladigan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasining 7 foizli punktidan yuqori bo'lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etildi.
Respublika ishchi guruhi rahbarligida 2021-2022 yillarda tumanni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq 149,3 mlrd.so'mlik 72ta loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida 922ta yangi ish o'rinlarini tashkil etish, 2021-2022 yillarda eksport xajmini 8-10 mln. AQSh dollarga yetkazish belgilab olindi.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida kelgusi yillarda Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalari sonini ko'paytirish va shu orqali aholini ish bilan ta'minlash, ularning daromadlarini oshirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy, suyultirilgan gaz, ko'mir, ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi oshirilib, yo'llarni ta'mirlash, ijtimoiy soha ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari amalga oshiriladi.


To`rtko`l tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti N.Abduraxmanova