Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

To‘rtko‘l tumanida jinoyatchilik ahvoli tahlil qilindi.


      
To‘rtko‘l tumanida jinoyatchilik ahvoli tahlil qilindi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-son qarori bilan “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Mazkur Chora-tadbirlar dasturi”ning 51-bandi ijrosini ta’minlan maqsadida tuman ichki ishlar bo‘limi va adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tarkibida tuzilgan shtab a’zolari bilan xamkorlikda, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning turi, soni, shaxslar toifasi, yosh kategoriyasi ko‘rsatilgan ma’lumotlarlar asosida, jinoyatlarning sodir etilish sabablari va oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahallarda tashkil qilingan beshliklar hamda jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subektlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi natijasida joriy yil 9 oy davomida tumanimizda ayrim turdagi jinoyatlarni kamayishiga hamda umuman sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Tuman xududida jinoyatchilikning ahvoli sektor kesimida 2021-yilning 9-oyi va 2022-yilning 9-oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganida 1-sektor hududidan Anhorli MFY, Istiqlol MFY, 2-sektordan Atauba OFY, Mash’al MFY larda biron bir jinoyat sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, 1-sektor hududidan Navro‘z MFYda jami jinoyatlar 3 dan 4 ga, Do‘stlik MFYda 8 dan 11 ga, Yoshlik MFY da 7 dan 11 ga, Ko‘na To‘rtko‘l OFYda 9 dan 11 ga, Yonboshqal’a OFY da 1 dan 2 ga, 2-sektor hududidan Kaltaminor OFYda 5 dan 6 ga, Beruniy MFYda 6 dan 7 ga, 3-sektor hududidan Guliston MFYda 4 dan 10 ga, Ko‘kcha OFYda  0 dan 1 ga, Oqqamish OFYda 13 dan 20 ga,  shuningdek, 4-sektor hududidan To‘rtko‘l MFYda 5 dan 8 ga, Tinchlik MFY da 4 dan 8 ga, Toshkent MFY da 11 dan 12 ga, O‘zbekiston MFY da 5 dan 7 ga, Qumbaskan MFYda 0 dan 2 ga, Ullubog‘ OFyda 29 dan 33 ga oshgan.
Jumladan: tuman miqiyosida bosqinchilik 1 dan 0 ga (100%), Firibgarlik jinoyati 58 dan 44 ga (50%), o‘lim bilan bog‘liq YTX 11 dan 5 ga (54,55%) kamayishiga erishilgan bo‘lishiga qaramasdan jamoat joylarida sodir bo‘lgan jinoyatlar 0 dan 1 ga (100%) o‘sishiga yo‘l qo‘yilgan.
Tuman hududida umumiy  jinoyatchilikning 196 dan 157 ga (-19,90 %)ga, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 131 dan 101 ga (22,90%)ga kamaygan.
Jinoyat turlari bilan ko‘rganimizda, o‘g‘irlik jinoyati 21 dan 17 ga (19,5 %)ga, bezorilik 1 dan 4 ga (300 %), nomusga tegish 0 dan 2 ga (100 %), tovlamachilik 1 dan 2 ga (100 %) oshagn bo‘lsa, firibgarlik 40 dan 20 ga (50,0 %), giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar 22 dan 11 ga (50,0 %)ga,  kamaygan.
Joriy yil 9 oy davomida qasddan odam o‘ldirish, qastdan badanga og‘ir shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, transport vositalarini olib qochish odam savdosi va o‘qotar qurol bilan bog‘liq og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldi olindi.
    Sodir etilgan jinoyatlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022-yilning 9 oyi davomida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 49 dan 55 ga  
12,24%)ga, Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilan jinoyatlar, 1 dan 5 ga, (400%)ga, ayol qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 19 dan 32 ga, (68,42%)ga, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 14 dan 28 ga, (100%)ga, ishsizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 47 dan 48 ga (2,13)ga, mast xolda sodir etilgan jinoyatlar 6 dan 13 ga (116,67)ga, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 16 dan 20 ga (25%)ga o‘sishiga yo‘l qo‘yilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan tahlillar bugungi kunda, soha vakillari va shtab a’zolarining o‘z xizmat vazifalariga yanada ma’suliyat bilan yondoshinini taqozo qilmoqda.  
Bugungi kunda,  tasdiqlangan chora tadbirlar ijrosi yuzasidan nazorat rejalari ishlab chiqilib, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, har payshanba “Huquqbuzarliklar profiliktikasi kuni” doirasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida, shuningdek «Yoshlar ittifoqi» tashabbusi bilan ta’lim muassasalari yoshlar ittifoqi yetakchisi va hududiy profilaktika inspektorlari bilan har kuni ko‘chalarda jamoat tartibini jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida  tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi boshlig‘i,
1-darajali yurist
M.Nuraddinov