Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam to'lash tartibi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 654-sonli qarori 1-ilovaga “Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”ga nizom bilan kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam to'lash tartibi belgilangan.
Ush bu nizomga ko'ra, bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o'n sakkiz yoshga to'lgan oyning oxirigacha to'lanadi. Moddiy yordam bola (bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo'lgan oilalarga va yakka-yolg'iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to'lanadi.
Agar bir oilada tug'ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo'lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo'lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to'rtinchi hisoblanadi.
Shuningdek, «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo'shimcha hujjatlar va ma'lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir. Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida ma'lumotnoma taqdim etiladi. Ushbu ma'lumotnoma oila (shaxs) «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o'n ikki oy davomida amal qiladi.
Agar bitta oila so'nggi 12 oy davomida ketma-ket «Yagona reestr» AT orqali bir necha marotaba kam ta'minlangan deb e’tirof etilgan bo'lsa, bunda ma'lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam ta'minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro'yxatga olinadi.
Ariza fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro'yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko'rsatiladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro'yxatga olinadi. Ariza fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro'yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko'rsatiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya
vazirligi Inson resurslari
bo'limi etakchi maslaxatchisi                 Kalbaev Babur