Янгиликлар
26
O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish ruxsatnomasini olish ta’rtibi.
O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish ruxsatnomasini olish ta’rtibi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida"gi 290-son qarori bilan ta’rtibga solinadi.
Xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanadi.
Xizmat ko’rsatishning muddati – 15 ish kuni.
Xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlar-hayvonning kelib shiqichini tasdiqlovchi hujjat.
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnomalar berish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda va ruxsatnomalarni berishda har safar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,2 koeffitsiyent miqdorida
xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomasi uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.
Vakolatli organ qaror qabul qilgandan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmay, tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi.
Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hayvonot dunyosi obyektlarini tutish, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Beruniy tumani Davlat xizmatlar
markazi bo’lim bo’shlig’i B.To’htabayev