Янгиликлар
23
Mustaqillik yillarida Intellektual mulk institutining rivojlanishi
Mustaqillik yillarida Intellektual mulk institutining rivojlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi. Intellektual mulk instituning mustaqillik yillarida rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak bu institut mustaqillikning dastlabki yilliridanoq tashkil topgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil dekabrda Jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo bo‘ldi va 1993-yildan Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga qo‘shildi.
Shunday qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 avgustdagi 360-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi va o‘ning huzurida Respublika ilmiy-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi tashkil etildi. Ushbu Markazga intellectual mulk obyektlariga patent berish ishlarini yuritish vazifasiham yuklatildi.
Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 iyun kungi 209-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tashkil etildi hamda ushbu idora Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazildi.
2011 yilning 24 mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1536-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining huquqlari va majburiyatlari o‘tkazildi.
2019 yil 8 fevralida bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4168-son qorori bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazish belgilangan bo‘lsa keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Bundan asosiy maqsad intellektual mulk sohasidagi huquqiy himoyani ta’minlash bo‘ldi. Sababi oldin faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi asosan intellektual mulk obyektlarga muhofaza hujjatlarini berish bilan shug‘illangan bo‘lsa endi bu obyektlarni bevosita huquqiy muhofaza qilish zamon talabi bo‘lgandi edi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning rivojlanishi hamda ishlab chiqarish va bozorlarning kengayishi bilan intellektual mulk huquqlarini Respublikaning har-bir hududida himoyasini ta’minlash zarurati yuzaga keldi. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Intellektual mulk himoyasi markazlari tashkil etildi.
Bu Markazlarga qo‘yidagi vazifalar yuklatildi.
kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etish, xususan, ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish;
joylarda intellektual mulk obyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq faoliyatga ko‘maklashish;
intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish maqsadida intellektual mulk huquqlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng ommaga yetkazish.
2022 yilning 17 martida bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-89-son farmoni bilan Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarini vazifa, funktsiya va vakolatlarini Adliya vazirligiga o‘tkazgan holda Vazirlikka qo‘shib olindi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari tashkil etildi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk sohasida qo‘yidagi vakolatlarga ega;
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.
Esnazarov Nurali,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish
bo‘limi bosh maslahatchisi