Янгиликлар
08
Inson huquqlarini ta’minlashda davlat o’rganlarining o’rni va roli.
Inson huquqlarini ta’minlashda davlat o’rganlarining o’rni va roli.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ijtimoiy va davlat qurilishida real demokratiyani har tomonlama kengaytirib, rivojlangan, ma’rifatli davlatlar safiga kirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan davrda inson erkinligi, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini konstitutsiyaviy qonunlarda ifoda etibgina qolmay, uning rivojini hamda takomillashuvini shu maqsadda tuzilgan va tuzilayotgan davlat organlari, jamoat uyishmalari va ko’ngilli tashabbuskor tashkilotlar o’zlari olib borayotgan ko’p qirrali faoliyatlar bilan ham amalga oshirmoqda va kafolatlamoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari tizimi shakllandi. Bu tizimda an’anaviy sudlov va huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat bo’lgan sudlov organlari bilan bir qatorda, inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar va nodavlat tashkilotlardan iborat bo’lgan inson huquqlari bo’yicha nosudlov organlari ham shakllandi. Inson huquqlarini himoya qilishning sudlov organlariga, birinchi navbatda, sud hokimiyati tizimiga kiruvchi sudlar, ya’ni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, umumiy sudlar, xo’jalik sudlari kiradi.
Sudlar tizimi bilan bir qatorda huquqni muhofaza qilish organlari, ya’ni prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi kabi nafaqat inson huquqlarini, balki mamlakatdagi huquq-tartibotni ham himoya qilish bilan shug’ullanuvchi vazirliklar va davlat idoralari ham inson huquqlarini himoya qilish tizimida va odil sudlovni ta’minlab berishda muhim halqani tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu huquqni muhofaza qilish organlari tizimlarida inson huquqlari masalalari bilan shug’ullanuvchi alohida tuzilmalar tashkil etilgan. Inson Huquqlarini sud orqali himoya qilish inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Chunki, sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda prokuratura organlari huquqni muhofaza qiluvchi, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilish tizimida muhim va asosiy o’rinlardan birini egallaydi. O’zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi qonuni hamda faoliyatiga daxldor bo’lgan boshqa qonunlar asosida olib boradi. Mazkur qonunga binoan, prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalariga konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash, fuqarolarning hamda korxona, muassasa va tashkilotlarning mulkini, huquq va erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlardan va boshqa huquqbuzarliklardan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning qisqa fursatda to’liq ochilishini ta’minlash, jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, pasport tizimi faoliyatini ta’minlash (fuqarolarga pasport berilishini, ularning ro’yxatdan o’tishi va chiqishini, vizalarini rasmiylashtirish), yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, ma’muriy javobgarlik va jinoiy jazolarning bajarilishini ta’minlash, yong’in xavfsizligini saqlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, fuqarolar tomonidan o’qotar qurollarni sotib olish, saqlash va olib yurish tartibini nazorat qilish va rasmiylashtirish kabi ko’plab vazifalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun ijodkorligi va huquqni qo’llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, insonning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklarini himoya qilish bo’yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2011-yil 23-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1602-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, Adliya vazirligi davlat boshqaruv organi hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo’yicha-bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo’ysunadi.
Inson huquqlarini himoya qilishda ayniqsa, advokatura institutining roli katta hisonlanadi. Advokatura o’z nomi bilan, avvalambor, inson huquqlarining himoyachisi hisoblanadi. O’zbekistonda advokatura institutini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Advokatura instituti vakolatlarining tobora kengayib va faoliyatining rivojlanib borishi inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning nosudlov mexanizmi yanada takomillashib borayotganidan va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevori mustahkamlanib borayotganidan darak beradi.
Amudaryo tumani FXDYO mudirasi
Sanobar Xalbaeva