Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

OILA - MUQADDAS DARGOH


OILA - MUQADDAS DARGOH

Oila - jamiyatning mo'’jaz, kichik bir bo'lagidir. Agar oilaning negizini sof insoniy tuyg'ular, muhabbatga tashkil qilsa, unda totuvlik va baxtiyorlik hukm suradi. Tabiiyki, bunday   muhitda farzandlar sog'lom ulg'ayishadi. Shu sababli xalqimiz hayotni oilaviy turmushsiz tasavvur qilisholmasligi tarziga asoslangan. Oila muqaddas, oila millat sharafi yuqori martabaga ko'taradigan madaniyat o'chog'idir. Millat ko'payishining birdan – bir yo'li erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo'lishidir. Shuning uchun manbalarda qayd etiladiki, O'zbekistonda nikohdan o'tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilaning buzulishi dunyo bo'yicha eng past darajadadir. Shuni alohida aytish mumkinki, serfarzandlik o'zbek oilasining alohida belgisidir. Bizda ko'p bolali onalar soni boshqa mintaqalarga nisbatan yuqori turadi. Ana shu bois o'zbek oilasi dunyoda bolajon xalq sifatida e’tirof etiladi.
Oilani muhofaza qilish tushunchasi keng mazmunga ega, bunda oilaning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilish, oila uchun kerakli moddiy- ma'daniy va maishiy sharoitlarni yaratish, bolalarga ta'lim va tarbiya berish, kam ta'minlangan oilalar uchun zarur bo'lgan imtiyozlar yaratish davlatimiz tomonidan alohida e’tiborga olingan.
Kelin-kuyovlar nafaqat zaruriy ma'lumotlarni olish, balki sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ham egadirlar. Bu huquq ayollarga xomiladorlik davrida sihat-salomatlik, er va xotinga esa sog'lom farzandlarni tarbiyalash imkonini beradi.
Konstituttsiyamizda oila jamiyatning asosiy bug'ini ekanligi, jamiyat va davlat muhofazasida bo'lishi qat’iy belgilab qo'yilgan. Oila kodeksi va boshqa qonunlarda yosh va ko'p bolali ayollarni ishga qabul qilishda imtiyozlar belgilangan. Yangi oila qurayotgan yoshlarning tibbiy ko'rikdan o'tayotgani, xomilador ayollar bolalarning bepul tibbiy xizmatdan foydalanayotgani oilada sog'lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Oilaning mustahkamligi uchun ayol ham, erkak ham birdek ma'suldir.
Bir donishmand “nikohdan o'tish majburiy emas, lekin nikohdan o'tdingmi, uning qonun va qoidalariga bo'ysunishga majbursan”, degan ekan. Nikohdan o'tgan har bir yigit va qiz jamiyatning tom ma'nodagi ma'sul kishisi, oila deb atalmish muqaddas qo'rg'onning yaratuvchisi sanaladi. Ular ertaga ota-ona degan nom sohibi bo'ladilar.
Shukrki, bugun o'zining ibratli hayoti ila barchamizga namuna bo'layotganlar ham talaygina. Biroq guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, oilaning qadri va sha'nini toptayotgan, nikohning muqaddasligini unutayotganlar ham bor. Zero, nikoh bog'lanishi, yangi oilaning vujudga kelishi Alloh uchun yoqimli bir hol bo'lsa, oilaning ajralishi, nikohning buzilishi esa Uning g'azabini keltiradi. Payg'ambarimiz sollalohu alayhi va sallam: «Alloh o'zi ruxsat berib, halol qilgan narsalar ichida o'zi eng yomon ko'radigani taloqdir», deganlar.
Nikoh shartnomasida har kim o'z tasarrufidagi mulkni o'zi mustaqil boshqarishi mumkinligi belgilab qo'yilgan. Nikoh bekor qilingan taqdirda har kimning mol-mulki o'zida qolishi va ikkinchi taraf bu mulkni talab qilishga haqli emasligi haqida band kiritilgan. Bu esa nikoh shartnomasining faqatgina ajrim uchun tuzilmasligini anglatadi.
Nikoh shartnomasi oila mustahkamligining garovi hisoblanadi, nikohning mulkiy huquq va majburiyatlarini zimmasiga olib, imzo chekkandan keyin har ikki tarafning mas’uliyati oshishi tabiiy. Umuman, nikoh sharnomasi o'zaro ishonch va mustahkam munosabatlar garovidir. Binobarin, oila qurish ostonasida turgan yigit-qizlar nikoh shartnomasi hayotiy zarurat ekanini yoddan chiqarmasliklari lozim.
Xullas, oila-muqaddas dargoh. Uning qonunlarda belgilangan normalari bilapn birga qog'ozlarda bitilmagan qonun-qoidalari, o'z tartib-tamoyillari bor. Ularga bo'ysunmaganlar katta xatoga yo'l qo'yishasdi.

Men xulosa o'rnida bir fikrni ta'kidlashni istardimki, oila qurish masalasiga yoshlar tayyor bo'lgachgina echim topishlari zarur. Yangi oilada er o'z vazifasini, xotin o'z mas’uliyatini qalbdan anglasa, hech shubha yo'qqki, bunday oilada tinch-totuv turmush kechadi.  Oilalar sog'lom bo'lsa-jamiyat sog'lom, uning ildizlari mustahkam bo'ladi.

Yu. MATO'ROZOVA,
Beruniy tuman FHDY bo'limi katta inspektori