Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish tizimi kuchaytirildi.


Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish tizimi kuchaytirildi.

    Prezidentimiz fuqarolarning mulkiy munosabatlari bilan bogʻliq masalalarni samarali hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bu borada mansabdorlarning vazifa va javobgarliklarini qat’iy belgilash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblab, “yerga boʻlgan huquqlarini kafolati kuchaytirilib, mulkiy huquqlarni bekor qilish faqat sud tartibida hal etilishini qatʼiy belgilash zarur” deb taʼkidlagan edi. Oʻtkazilayotgan islohotlarning maʼntiqiy davomi sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 24-avgust kuni “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi muhim farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga koʻra,     Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilindi:
    a) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish sohasida:
    1. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;
    2. Yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish. Bunda, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
    3. Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari) bo‘lgan huquqlarini bekor qilish. Bunda, ushbu huquqlar yuridik shaxs muassislariga (ishtirokchilarga), agar qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning yuridik shaxsdagi ulushiga (qo‘shilgan hissasiga) mutanosib ravishda o‘tkaziladi;
    4. Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa ko‘chmas mulk obyektini mulk qilib berish, bundan ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy obyektlari mustasno;
Undan tashqari turar joyga boʼlgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish sohasida:
    *turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga yega boʼlmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy roʼyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, bundan taraflar oʼrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno;
    *sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli yegallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan paytdan boshlab uch yil oʼtgach natura shaklida talab qilib olish;
    jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish sohasida — mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan huquqlarni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno.    
    korporativ munosabatlar sohasida:
    Davlat organlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar yoki boshqa ko‘rinishdagi ma’muriy hujjatlar qabul qilish amaliyoti. Bunda, xo‘jalik jamiyatining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushiga (aksiyalariga) egalik qiluvchi davlat organlari ulushdor (aksiyador) sifatida qarorlar qabul qilishni (ovoz berishni) yuqori turuvchi davlat organi bilan yozma tarzda kelishib olishi mumkin;
yuridik shaxslarning ustav fondidagi (kapitalidagi) garovga qo‘yilgan ulushlarni (qo‘shilgan hissalarni) garovga oluvchining roziligisiz tasarruf etish amaliyoti.     Bunda, mazkur rozilik olinmaganligi ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Muhim yangiliklardan yana biri, farmon bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar natijasida yetkazilgan zararlar respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilandi:
    -ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar;
    -davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida mulkdorga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zarar;
    -tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyon.
    Xulosa oʻrnida aytganda, ushbu farmon chin maʼnoda, kelgusida fuqarolarning mulkiy munosabatlari bilan bogʻliq masalalarni samarali hal etish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi  shuhbasiz.

Toʻrtkoʻl tuman Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti:                              B.O‘rinbayev.