Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

FHDY SOHASIDAGI SO’NGI YANGILIKLAR


FHDY SOHASIDAGI SO’NGI YANGILIKLAR

Inson tug’ilib to umrining oxiriga qadar bo’lgan vaqt mobaynida bir necha marotaba FHDY bo’limiga murojaat qiladi. Hamda tug’ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, shuningdek o’limni qayd qildirish kabi xizmatlardan foydalandi. Ya`ni hayotiy muhim holatlar aynan FHDY bo’limida qayd qilinadi.
Avvallari tug’ilish, nikoh, nikohdan ajralish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun FHDY bo’limiga kelgan fuqarolardan birinchi navbatda doimiy ro’yxatdan o’tgan manzili so’ralardi. Agar boshqa tumanda istiqomat qilsa o’z yashash manzili bo’yicha borib xizmatdan foydalanish kerakligi aytilardi.
Zamon shiddat bilan rivojlanishi barcha sohalar qatori aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini ham yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda yurtimizda ustiqomat qilayotgan fuqarolar o’zlariga yaqin bo’lgan hududda joylashgan FHDY bo’limiga borib barcha xizmatlardan emin-erkin foydalanishlari mumkin.
Yana bir muxim jixat, avval qo’lyozma shahklida taqdim etilgan tug’ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o’lim haqidagi gerbli guvohnomalar bugunga kelib elektron ravishda to’ldirilib barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari (FHDY yagon elektron arxivi) axborot tizimiga kiritilib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida, yillar o’tib biror bir hujjatga ehtiyoj sezgan fuqarolarning ortiqcha vaqt sarf etishining oldini oladi. Bundan tashqari, to’lovlar billing invoys orqali to’lanishi sababli uzoqda joylashgan bankga borish uchun vaqt sarflamaydi. Elektron tizim yo’lga qo’yilganligi sababli tibbiyot muassasalari bilan, tug’ruqxonada bola tug’ilishi bilan elektron ravishda FHDY bo’limining ona va bola haqidagi ma`lumotlar qisqa vaqt ichida yetib keladi. Fuqarolarni quvontiradigan yana bir yangilik endilikda farzandi tug’ilganda beriladigan bir martalik suyunchi pulini ota-onalarning bank plastik kartasiga FHDY bo’limining o’zida tushurib berilmoqda. Bu kabi yaratilayotgan qulayliklar fuqarolarning vaqtini tejashga xizmat qilmoqda.
Inson qadri ulug’lanayotgan yurtda barcha soxalar qatori FHDY bo’limlarida ham fuqarolarning vaqtini tejash, ularga zarur sharoitlar yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bunday imkoniyat va qulayliklar FHDY bo’limi xizmatidan foydalanuvchi aholining ishi tez va sifatli bitishida ayni muddao bo’lib kelmoqda.

To'rtko'l tuman
FHDY bo'limi mudirasi                                                               E.Embergenova