Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar bo'limi tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar bo'limi tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning 1-iyul kuni holatiga jami 602 ta (davlat ro'yxati 411, hisob ro'yxati 191 ta) nodavlat notijorat tashkilotlari ro'yxatga olingan bo'lib, shundan 86 tasi o'z tashabbusi bilan ro'yhatidan o'tkazilgan hamda 14 ta Hakamlik sudi va 66 ta (64 ta islomiy va 2 ta noislomiy) diniy tashkilotlari ro'yxatdan o'tkazilgan. Ro'yxatiga olingan va faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bo'yicha statistik tahlil;
Assotsiatsiyalar soni – 32 ta
Jamiyatlar soni – 92 ta
Jamg'armalari soni – 82 ta
Kasaba uyushmalari soni – 45 ta
Qo'mitalar soni – 2 ta    
Klublar soni – 9 ta
Markazlar soni – 56 ta
Partiyalar soni – 90 ta
Uyushmalar soni – 57 ta
Harakatlar soni – 1 ta
Federatsiyalar soni – 69 ta
Boshqa tashkilotlar soni – 67 ta
Jami nodavlat notijorat tashkilotlar soni 602 tani tashkil qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari sohalari bo'yicha tahlili;
Tadbirkorlik va fermerlik sohasida – 57 ta
Ekologiya sohasida – 11 ta
Sport sohasida – 81 ta
Nogironlar va imkoniyati cheklanganlarni huquqini himoya qilish sohasida – 46 ta
Yoshlar sohasida – 63 ta
Ayollar sohasida – 5 ta
Faxriylar sohasida – 41 ta
Milliy madaniy markazlar  sohasida – 6 ta
Kasaba uyushmalari sohasida – 45 ta
Ta'lim, texnika, fan va ilmiy – tadqiqot sohasida – 8 ta
Huquqiy demokratik institutlari sohasida – 49 ta
Sog'liqni saqlash sohasida – 15 ta
Favqulotda vaziyatlar sohasida – 28 ta
Siyosiy partiyalar sohasida – 90 ta
OAV va jurnalistika sohasida – 1 ta
Xalq hunarmandchiligi sohasida – 15 ta
Madaniyat, tarixiy va ma'rifiy sohasida – 41 ta
Nodavlat notijorat tashkilotlari tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha;
Jamoat birlashmalar soni – 461 ta
Jamoat fondlari soni – 44 ta
Muassasalar soni – 44 ta
Tashkiliy huquqiy shakli boshqa bo'lganlar soni – 53 ta.
Bo'lim tomonidan 2022 yil 6 oyi davomida, jami 10 ta tekshirish va monitoringlar o'tkazilgan bo'lib, jami 256 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
NNT va diniy tashkilotlarga jami 112 ta ogohnoma, 8 ta taqdimnomalar kiritilgan, shuningdek, 3 ta ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritildi. Taklifga asosan 2 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 6 oyi davomida Qorao'zak tumaninda “Aymbet Axun” va Nukus shahrida “Salmen iyshan” masjidlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Ayni vaqtda nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarga xizmatlar to'liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy qilindi.
Elektron xizmatlar O'zbeksdan Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilotlarining e-ngo.uz portali orqali amalga oshirilib kelinmoqda.
Bunda, elektron tizimga kirish elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqada usullar orqali amalga oshiriladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar
bo'limi boshlig'i                             A.Bekjanov