Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.


Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Muroajaatchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida 2017 yil 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni tasdiqlangan bo‘lib qonunning asl maqsadi Davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.

Qonunning amal qilishi:

ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunga asoslangan xolda murojaatlarni yanada soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabr kungi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5278-sonli farmoni bilan 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.

Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oya bilan ishlab kelmoqda.

Shuningdek davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatishadi.

Shu bilan birga murojaatchilar davlat xizmatlari markazlariga kelmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanib (my.gov.uz) orqali on-layn tartibda murojaatlar qilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylarga chiqqan xolda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Mazkur farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi “Davlat xizmatlari yagona reestrini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 136-son qarori bilan tasdiqlangan reestrga 716 ta xizmatlar kiritilib tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevral kungi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi 4193-sonli qarori bilan 2019-yil 1-iyun kunidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqligi belgilangan.

Xozirgi kunda davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turlari 170 tadan ortiq, murojaatchilarga mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 300 tadan ortiq xizmat turlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan Ellikqal’a tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yilning 1-yanvaridan shu kungacha jismoniy va yuridik shaxslarga 257 523 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilib shundan 16 968 ta davlat xizmatlari joylarga chiqqan xolda sayyor qabul davomida amalga oshirildi, shundan joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga xizmatlar taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirildi.

2022-yilning birinchi yarim yilligi davomida markazga jami bo‘lib 23831 ta yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatilgan, shundan  tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yatdan bilan bog‘liq xizmatlar 940 ta murojaatlar o‘z muddatlarida ijrosi ta’minlandi. Jumladan turli xildagi ma’lumotnomalar 6418 ta, elektron raqamli imzolar berish 6735 ta, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 2639 ta, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 3363 ta, soxalar bo‘yicha maxsus litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tusidagi xujjatlar 156 ta, kommunal xizmat tarmoqlariga ulanish uchun, hisoblar priborlarini plombalash, yechish, ular va hisoblagichlarni qiyoslashdan o'tkazish  xizmatlar 1208 ta va boshqa xizmatlardan 2372 tani tashkil etadi.

Tumanimizning chekka xududlarida yashovchi (nogironligi bo‘lgan) axoliga sayyor tartibda ko‘rsatilgan tezkor xizmatlar soni 2418 ta, sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 34 tani  tashkil etadi.

Ellikqal'a tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori  Nizamjon Xadjiyev