Янгиликлар
YURIDIK XIZMAT KO’RSATISH MARKAZINING FAOLIYATI KENGAYMOQDA
YURIDIK XIZMAT KO’RSATISH MARKAZINING FAOLIYATI KENGAYMOQDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga Yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasining barcha tuman, shaxarlarida 2021-yil 1-oktabrdan Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi.
Mazkur qarorga asosan markazga biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlar bilan ishlash E-huquqshunos elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek qarorda Markazlarning funksiya va asosiy vazifalari va huquqlari, majburiyatlari, jabovgarligi belgilandi.
2022-yil 1-avgustga qadar Markaz 12-ta davlat organlari va tashkilotlari bilan faoliyat olib borilib, qonunchilik ta’minlanib, o’z samarasini berdi, qog’ozbozllik va byurokratik to’siqlarga barxam berildi barcha buyruq va shartnomalar E-huquqshunos elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
2022-yil 18-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik хizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 173-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik хizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik хizmat koʻrsatila boshladi:
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi;
qishloq хoʻjaligi boʻlimi;
turizm va madaniy meros boʻlimi;
sportni rivojlantirish boʻlimi;
oila va хotin-qizlar boʻlimi;
davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
umumiy oʻrta ta’lim maktablari;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
Xulosa o’rinda shuni aytish kerakgi Yuridik xizmat korsatish markaz tomonidan yuridik xizmat ko’rsatish borasida ishlari kengaymoqda va qator davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik va qonun ustivorligi yanada ta’minlanmoqda.
Taxiatosh tumani yuridik xizmat korsatish markaz boshlig’i Oybek Babanov