Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

SOLIQ QONUNChILIGIDAGI YANGILIKLAR


        SOLIQ QONUNChILIGIDAGI YANGILIKLAR  
    
Soliq kodeksi bilan berilgan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (bundan byudjetdan moliyalashtiriladigan mustasno), shuningdek, sport inshootlari, ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishdan daromadlar qismida hamda qat’iy ko'rsatiladigan bank xizmatlari qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.
Aktsiz solig'i stavkalari 2022 yil 1 iyundan o'rtacha 10 foizga indeksatsiya qilindi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi 12 foiz miqdorida va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinadigan daromadlaridan fuqarolarning ShJBPH (Shaxsning jamg'arib boradigan pensiya hisobi)ga o'tkaziladigan ajratmalari miqdorining 0,1 foizi miqdorida saqlab qolindi.
Eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan (to'langan) QQS summasini soliq to'lovchining O'zbekistondagi bank hisob varag'iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar, hisobga olish tartibi belgilandi.
Ushbu norma oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o'z vaqtida ta'minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo'yicha muddati o'tgan debitor qarzdorligi bo'lmagan intizomli soliq to'lovchilarga tatbiq etiladi.
Tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O'zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob varag'iga kelib tushmagan taqdirda, qo'shilgan qiymat solig'ining hisobga olingan summasi yoki uning mos qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
2022 yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Shuningdek, soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi o'zgarishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, soliq organlariga o'z vaqtida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy sanktsiyalar bekor qilinmoqda.


Muynoq tumani yuridik
xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i                M.Koluzanov