Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

To’rtko’l tuman adliya bo’limining murojaatlar bilan ishlash sohasida amalga oshirgan ishlari


To’rtko’l tuman adliya bo’limining murojaatlar bilan ishlash sohasida amalga oshirgan ishlari

Konstitutsiyamizning 35-moddasida, har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi belgilab qo’yilgan.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o’z vaqtida, to’liq, xolisona ko’rib chiqish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning 1-yarim yilligida bo’limga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 199 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan bo‘lim tomonidan 156 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi, 34 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi va 9 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi.
Bo’lim tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida 5 marta sayyor qabul amalga oshirildi. Bundan tashqari, sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha 135 ta da’vo arizalari kilitilib, 460 milliondan ortiq yetkazilgan zararlari qoplash choralari ko‘rildi.
Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 17 aybdor ma’sul xodimlar intizomiy va 38 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy va 1 ta holatda jinoiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritildi.
Bo’limga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan bo’lsak, murojaatlar asosan, to’lanmagan ish haqi va boshqa to’lovlarni undirish, ijtimoiy himoya masalalari, pensiya bo’yicha ish staji masalalari, yer va uy-joy munosabatlari bilan bog’liq masalalar, pensiya va nafaqa tayinlash rad etilganligi yuzasidan va boshqa masalalar bo’yicha kelib tushgan.
Misol tariqasida, bo’limga 06.04.2022 sanada murojaat qilgan N.Allabergenova, O’.Babajanova, X.Xodjaniyazova, M.Arazklichev, D.Bekchanova va boshqa 6 nafar xodimning tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlari qoplab berilmaganligi yuzasidan qilgan murojaatlari o’rganilib, o’rganish natijasiga ko’ra, ularga xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlari qoplab berilishi ta’minlanib, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlarini ma’muriy javobgarlik tortish bo’yicha taklif berildi.
Shuningdek, bo’limga 11.01.2022 sanada yoshga doir pensiya tayinlashda ish staji to’liq hisobga olinmaganligi yuzasidan norozi bo’lib murojaat qilgan M.Chariyevning murojaati qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi tuman bo’limiga taqdimnoma kiritilib fuqaroning murojaati qanoatlantirildi va yoshga doir pensiya tayinlashda fuqaroning ish staji to’liq hisoblanishiga erishildi.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’z vaqtida, to’liq, xolisona ko’rib chiqish uchun mazkur raqamlar bilan cheklanib qolmasdan kelgusida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan yanada samarali ishlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

To’rtko’l tumani adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi N.Saparboyev