Янгиликлар
23
“Aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida” Prezident qarori qabul qilindi
“Aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Joriy yil 18-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sog'liqni saqlash sohasi vakillari bilan «Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun» mavzusida ochiq muloqoti bo'lib o'tdi, hamda muloqot doirasida tibbiyot sohasini isloh qilish borasida bir qancha vazifalar belgilab berildi.
Islohatlarning tub maqsadi aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash va yaqinlashtirish, tibbiyot sohasi xodimlariga qulay ish sharoitlari yaratishdan iboratdir.
Bu sohadagi islohatlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2022-yil 16-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi prezidentining “Aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-283-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan quyidagi vazifalar belgilandi:
Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo'jaliklar negizida tashkil qilinadi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo'lga qo'yiladi;
markaz tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika bo'yicha muvofiqlashtirish va nazorat qilinadi;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari, dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta'minotini Markazning hududiy filiallariga o'tkaziladi;
sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo'jaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga o'tkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilg'i-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi;
Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalarini tasdiqlash hamda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
2022-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentyabrga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatilib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona «Call-markaz»lar faoliyati yo'lga qo'yiladi.
«Call-markaz»larda:
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og'irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo'naltirish tizimi joriy etiladi;
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo'naltirish yo'lga qo'yiladi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, jamiyat amalga oshirilayotgan islohatlarning barcha avvalo inson qadri uchun xizmat qilmog'i lozim. Ushbu tibbiyot sohasidagi islohatlar ham O'zbekiston xalqi uchun ishonchli va sifatli tez tibbiy yordam ko'rsatish xizmatini hamda tibbiyot xodimlariga qulay ish sharoitlari yaratishga xizmat qiladi deb o'ylayman.
Bo'zatov tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i R.DUSHANOV