Янгиликлар
15
Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir.
O`zbek xalqi azaldan oilaga muqaddas qadriyat sifatida qaraydi. Jamiyatimizda oilaning roli shunchalik ahamiyatliki, u odatli tarzda har qanday jamiyatning asosi sifatida ko’rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy hayotning alohida sohasini o’zida mujassam etgan bo’lib, kelajakda jamiyatda yashashni va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo’lib va shaxsning dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakkillanish jarayonlari kechadi. Nikoh oilaning asosidir. Nikoh tuzilishi natijasida er-xotin o’rtasida shaxsiy va mulkiy huquqlar vujudga keladi.
Amudaryo tumanida 2022 yil iyul oyida 102 ta nikoh qayd etildi. Shulardan 11 tasi joylarga chiqib sayyor ravishda qayd qilindi.
Oila bolaning shaxs sifatida kamol topishida muhim poydevor hisoblanadi. Farzand nafaqat ota-onaning balki butun jamiyatning eng kata boyligidir. Oila munosabatlarining konstitutsiyada aks ettirilishi oilaning yuksak ahloqiy ma`naviy normalari asosida mustahkamlanishining yarqin namunasidir. Oiladagi tarbiya farzandlar ahloqiga, xulqiga o`chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday tuzulmalar oilaning o’rnini bosa olmaydi.
Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nihoh oila tuzishning qonuniy sharti bo’lib u Konstitutsiyada belgilangan. Konstitutsiyaning 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi’ dep belgilangan va ushbu qoida mazkur moddada o’z ifodasini topgan.
Oilada sog’lom avlod vujudga kelishini taminlash maqsadida oila kodeksining 16-moddasida nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar sifatida yaqin qarindoshlar o’rtasida nikoh taqiqlangan.
Oila munosabatlarining hal qilinishi bosh qomusimiz Konstitutsiyamizda ham alohida bob bilan belgilanishi, davlatimiz tomonidanham oilaga bo’lgan munosabatning muqaddas tuyg’u sifatida qaralishining yana bir ifodasi desak yangilishmaymiz. Oilani mustahkamlash bu jamiyatni mustahkamla demak hamda rivojlantirish ekanligini shuningdek, davlatning oilaga bo’lgan munosabatini belgilaydi. Oila sog’lom bo’lsa jamiyat ham sog’lom bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki jamiyatning muhim bo’g’ini bo’lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo’lsa davlat tinch va barqaror ravnaq topadi.
Ashirbayeva Umida Aminbayevna
Amudaryo tumani Adliya bo’limi FHDY
bo’limi 1-toifali inspektori