Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish tartibi


Bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish tartibi
Davlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar. Xususiy bog‘chalarga qabul qilish yoshi va tartibi ushbu bog‘chalar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  joriy yil 7-mart kungi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 17-bandiga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan boshlab: to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 1-ilova “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga aosan, davlat bog‘chasiga bolani joylashtirish uchun yo‘llanma olish haqida anketani to‘ldirish zarur. Anketani 2 xil usulda to‘ldirish mumkin:
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tegishli anketani to‘ldirish orqali.
Yo‘llanma olish uchun faqatgina tegishli so‘rovnomani to‘ldirish talab etiladi. Bunda faqatgina yo‘llanma olishda imtiyozlar mavjud bo‘lsa tegishli hujjatlarning asl nusxalari ko‘rsatiladi.
Bunda quyidagi shaxslarga bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
«Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Shuningdek, bog‘chaga berish haqida anketa to‘ldirilayotganda tanlangan bog‘chada bo‘sh o‘rin mavjud yoki mavjud emasligi avtomatik ravishda ma’lum bo‘ladi. Agar bo‘sh o‘rin bo‘lmasa bunda:
bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan boshqa bog‘chani tanlash (yo‘llanma olish);
bo‘sh o‘rin bo‘lganda yo‘llanma olish uchun navbatga kirish (bunda bir yo‘la 2 ta bog‘chani tanlash mumkin).
Agar anketada ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi aniqlansa, yo‘llanmalar berish rad etiladi. Boshqa asoslar bo‘yicha esa, yo‘llanma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘llanma bo‘sh joy paydo bo‘lgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi.
Yo‘llanma olingandan keyin 15 kun ichida bog‘chaga olib borilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan yo‘llanma qabul qilinmaydi. Bola bog‘chaga yo‘llanma taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida qabul qilinadi.
Eng asosiysi bolalarni bog‘chaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi!
Amudaryo tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i    N.Jumaniyazova