Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xalqni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash dasturi


Xalqni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash dasturi

So'nggi yillar maboynida,muhtaram yurtboshimiz boshchiligida O'zbekiston xalqini ayniqsa, faxriylarni, keksalar, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilib bir qator maqsadli Davlat dasturlari qabul qilingan.

Ushbu Davlat dasturga ko'ra, aholining ayniqsa keksa yoshdagi va pensionerlar uchun mo'ljallangan Respublikamizdagi bir qator Saxovat va Muruvvat internat uylarini moddiy-texnika bazalari,shuningdek 14,6 ming yolg'iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta'minlandi hamda 6,4 ming nogiron va pensionerlarning sanatoriyalarda sog'liqlari tiklangan.

Shu bilan birga, Prezidentimiz topshirig'iga asosan «Nuroniy» jamg'armasi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, yolg'iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta'minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg'iz keksalarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko'tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta'minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko'rsatilgan.
Ayniqsa, Respublikada keksalarni qo'llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to'laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish uchun qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari qabul qilingan.
Quvanarlisi, aholi o'rtasida kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazilishini ta'minlangan.
Shu bilan birga, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg'iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlar biriktirilgan.
Bundan tashqari, keksa yoshdagi shaxslarni ularga to'lovsiz asosda davolash va sog'lomlashtirish. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so'm miqdoridagi orderlar ajratilgan.
Keyigi yillar davomida, ayniqsa urush va mehnat faxriylari, yolg'iz pensionerlar va nogironlar salomatligini har yil bu kontingentga kirgan 34 ming odamni 18 milliard so'm miqdorida sanatoriya-davolash muassasalarida bepul sog'lomlashtirish yo'li bilan salomatliklarini yaxshilangan.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, Respublika xalqining ayniqsa imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sifatini, har yil bu kontingentga kirgan 10 ming odamni jami 2,5 milliard so'm miqdoridagi zarur protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash choralari ko'rilgan.
E'tiborli jihatlardan yana biri, o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va nogironlar turmush darajasi va sifatini har yil ushbu kontingentga kirgan 4 ming odamni umumiy miqdori 3,2 milliard so'm bo'lgan asosiy oziq-ovqatlar, gigiyena vositalari bilan ta'minlash yo'li qo'yildi.
Bundan tashqari, 1941−1945 yillardagi urush qatnashchilariga sanatoriylarda har yili sog'lomlashtirish kursidan o'tish o'rniga yo'llanmaning o'rtacha narxiga teng ravishda kompensatsiya olish huquqini berildi.
Shuningdek, xalqimizning yolg'iz va kam ta'minlangan keksa fuqarolarini umumiy miqdori 6,4 milliard so'm hajmidagi qishki kiyim komplekti va poyafzal, shuningdek qishga g'amlash uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan har yili ta'minlash choralari ko'rildi.
Respublikamizda Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so'm yo'naltiriladi, shuningdek xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSh dollari hajmidagi kredit va grant mablag'larini jalb etilgan.
Bulardan tashqari, yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” mustahkam tizimi yaratildi.
Aholining bandligini ta'minlash maqsadida imtiyozli kreditlar berish, dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun yer ajratish kabi imkoniyatlar kengaytirildi.
Quvanarli holatlardan biri, daftarlarga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlashi uchun kerak bo'lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilishga 7 million so'mgacha subsidiyalar ajratilish amaliyoti yo'lga qo'yildi.
Xulosa qilib aytganimizda, amalga oshirilayotgan Davlat dasturlaridan ko'zlangan asosiy maqsad eng avvalombor, mamlakatimizda aholining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida to'laqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular har tomonlama ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish va yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashdan iboratdir.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi
boshlig'i.