Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi.


Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi    18 son qarorining 2 ilovasiga asos ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
ERI (elektron raqamli imzo) kaliti bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi fuqarolar bundan mustasno).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib, mas’ul xodimning imzosini qo‘yib berishi shart.

Xo’jayli tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
bo'lim boshlig’i: A.Auyezimbetov