Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident Farmoni (PF-5690, 15.03.2019 y.) qabul qilindi.
         Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, ularning faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, respublikada investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek prokuratura organlariga xos bo'lmagan vazifa va funktsiyalarni chiqarib tashlash yo'li bilan ularning faoliyatini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Farmonga ko'ra 2019 yil 1 apreldan:
- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va qonuniyligi ustidan nazorat qilish Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi;
- Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakilning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimi Bosh prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil tasarrufiga o'tkazildi.
O'zbekiston prokuratura organlari tizimida quyidagilar tugatildi:
- Bosh prokuror o'rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;
- Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;
- Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlari;
- Bosh prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlari;
- soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining o'rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining o'rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;
- tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul o'rinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari;
- Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'limi.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi etib qayta tashkil etildi.
        Hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirishda olib borilayotgan ishlar va  imkoniyatlar ishbilarmon tadbirkorlar uchun  ko'rsatilayotgan g'amxo'rdir.

Beruniy tumani adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi
boshlig'i M.Kamalova