Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limining 2022 yil I-yarim yillikdagi ish faoliyatidan


Xo‘jayli tumani adliya bo‘limining 2022 yil I-yarim yillikdagi
ish faoliyatidan

2022 yil I-yarim yillikda Adliya vazirligi tizimida zamonaviy boshqaruv uslublari amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan tuman adliya bo‘limlarining ish faoliyatida talabchanlik kuchaytirilib, xodimlarning mas’uliyati yanada oshirildi. Natijada adliya bo‘limlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, monitoringlar o‘tkazish, tuman darajasidagi idora va tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, qonunchilikdagi yangiliklar va davlat siyosatini yetkazish borasidagi ishlarda samaradorlik ortdi.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limiga 2022 yil I-yarim yillikda jami 179ta ariza va shikoyatlar kelib tushdi, ularning 14 tasini ariza, 165 tasini shikoyatlar tashkil qilib, kelib tushgan murojaatlarning 169tasi hal qilindi. Shulardan qanoatlantirilgan ariza va shikoyatlar 153tani, huquqiy tushuntirish berilganlari 16tani tashkil qildi, 2ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilib, 7ta murojaat ish yurituvda o‘rganilib chiqilmoqda.
Shuningdek, bevosita shaxsiy qabullarda jami 74 nafar fuqarolarning murojaati qabul qilindi. Norma ijodkorligi sohasida ijtimoiy himoya, tadbirkorlik, ta’lim va boshqa sohalarga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 5 ta taklif ishlab chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 4ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish kelib tushib, shundan 2 ta hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 2 hujjat loyihasi belgilangan talablarga rioya qilinmaganligi sababli qaytarilgan.
Bo‘lim tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, fuqarolarning manfaatida fuqarolik sudlarga jami 421 mln.300 ming so‘mlik 139 ta ariza va da’vo arizalar kiritilib, shundan jami 393 mln. so‘mlik 133 tasi qanoatlantirildi va qolgan 6 tasi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, 58ta idora va tashkilotlarda 7ta o‘rganish va monitoringlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida 15224ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan idora va tashkilotlarga jami 69ta taqdimnomalar kiritildi, natijada 58 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi hamda 43ta fuqarolarning 73 mln 933 ming so‘mlik pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Idora va tashkilot rahbarlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilishda yo‘l qo‘ygan qonun buzilishi holatlari sababli bo‘lim tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 8 ta taklif berildi, bu bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bayonnomalar 1tani tashkil qilib, 19 nafar mansabdor shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan tegishli idoralarga taklif berildi, natijada 16 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish yuzasidan ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2022 yil I-yarim yil davomida bo‘lim xodimlari tomonidan jami 1436 ta shundan ommaviy axborot vositalari orqali 810 ta, 572ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lsa, ko‘rgazmali targ‘ibot 36tani tashkil etdi.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot bera turib, shuni aytib o‘tishim kerakki ya’ni har bir ishlangan ishlar ortida inson va jamiyat manfaatlari turganligini chuqur anglaymiz, bundan keyingi faoliyatimizda ham xizmat vazifamizni yanada ma’suliyat bilan davom qildirib, adliya bo‘limga kelib tushgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligiga va qonuniy yechim topishiga hamda oldimizga qo‘yilgan har bir topshiriq samarali bajarilishiga va’da beramiz.

A.K.Shabatov
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi boshlig‘i.