Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limiga 2022 yil 2 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
I. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limiga 2022 yil 2 choragi davomida jami 77 ta ya’ni, 40 ta shikoyat va 37 ta arizalar kelib tushgan.
    
Kelib tushgan murojaatlarning 64 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 26 ta murojaat yoki 40.6 foizi qanoatlantirilgan.     
Shuningdek, 40 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa, 4 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 2 ta murojaatlar tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.

II. Ishonch telefonlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” orqali 2022 yil 2 choragi davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 2 ta murojaatlar kelib tushgan.
“Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 2 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022 yil 2 choragi davomida 16 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Mazkur murojaatlarning 15 tasi vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, 9 tasi qanoatlantirilgan bo'lsa, 6 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 1 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
III. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan qullanilgan ta'sir choralar bo'yicha:
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 2 ta taqdimnoma,  sudlarga 62 ta da'vo arizalar kiritilib jami 308 154 517 ming so'm pullar undirib berildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.

1. Huquqni qo'llash amaliyoti sohasida
Tahlil natijasida murojaatlarning quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
-    mehnat nizolari masalasida 1 ta;
-    soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasida 5 ta;
-    banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasida 4 ta;
-    sud qarorlari yuzasidan 4 ta;
-    prokuratura organlari faoliyatiga doir 1 ta;
-    erga doir masalasida 6 ta;
Soliq sohasida kelib tushgan murojaatlarda asosan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o'tkazilgan tekshirishlardan noroziligi bayon qilingan.
Banklar faoliyati sohasida jismoniy va yuridik shaxslardan kredit va kredit qarzdorligi masalalari bayon qilingan.
Erga doir munosabatlar sohasida asosan fuqarolar o'rtasidagi o'zaro erga oid da'volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko'paygan sohalarni  ish rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o'rganishni tashkil qilish;
- murojaatlar ko'paygan sohalarga mas’ul bo'lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish;
- qaysi tashkilot xodimlari hatti-harakatlariga nisbatan ko'proq shikoyatlar kelib tushgan bo'lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish.

Huquqni qo'llash
amaliyotini o'rganish
bo'limi bosh maslahatchisi
T.Asanov
                                              18.07.2022 yil