Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Bir múrájat izinen


ADLIYA ARALASHUVI BILAN ASOSSIZ OLINGAN DARS SOATLARI QAYTARILDI

Beruniy tumani adliya bo`limiga fuqaro Z.M. murojaat qilib, tuman Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 62-son umumiy o`rta ta`lim maktabi tomonidan dars soatlari olib qo`yilganligidan noroziligini bildirgan.  
Murojaat tegishli tartibda o`rganib chiqilganda, fuqaro Z.M. o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lib, 2007-yildan buyon shu maktabda boshlang`ich sinf o`ituvchisi bo`lib ishlab kelayotganligi, 2021/2022 o`quv yilida maktabda dars taqsimoti belgilangan tartibda pedagogik kengashda ko`rib chiqilib, kengash qarori asosida maktab direktorining tegishli buyrug`i bilan barcha o`qituvchilarga tegishli dars soatlari, shu jumladan fuqaro Z.M. ga 2-sinfdagi uy sharoitida ta`lim olayotgan o`quvchini o`qitish uchun 8 soat darsi taqsimlanganligi
va tarifikatsiyadan o`tkazilib, 2022-yilning 1-mart kuniga qadar o`qitilib kelinganligi aniqlandi.
2022-yilning fevral oyida shu maktabning boshqa bir o`qituvchisining murojaati yuzasidan maktabda tekshirish o`tkazilib, tekshirish natijasi bo`yicha hech qanday ta`sir chora ko`rilmagan bo`lsa-da, maktab direktorining buyrug`i bilan fuqaro Z.M.dan 8 soat darsi asossiz ravishda olingan va xodim buyruq bilan tanishtirilmagan.
“Umumta`lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro`yxatlarini shakllantirish tartibi to`g`risida”gi Nizom (ro`yxat raqami 3271, 30.06.2020-y.) ning 15-bandida, umumta`lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta`lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko`rib chiqilib, har yili
15-sentabrga qadar o`qituvchilarga dars soatlari ushbu bandda belgilangan ko`rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi, Umumta`lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin, deb ko`rsatilgan.
Biroq, ish beruvchi xodim Z.M. dan 8 soat darslarini olishda ushbu tartibga rioya qilmagan ya`ni pedadogik kengashda dars soatlarini qayta taqsimlash masalasi ko`rib chiqilmagan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 88-moddasiga ko`ra, Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta`tilning muddati va boshqa shartlar kiradi, mehnat shartlarini o`zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo`lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi deb belgilangan.
Lekin, ish beruvchi tomonidan xodim Z.M. ning mehnat shartlari uning roziligisiz, ya`ni o`zaro kelishuvsiz o`zgartirilib, mehnat qonunchiligini qo`pol ravishda buzilishiga yo`l qo`yilgan, natijada Z.M. ning bir oy davomida majburiy bo`sh yurib qolishiga olib kelgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, tuman adliya bo`limining taqdimnomasiga asosan maktab direktorining 2 ta buyrug`i bekor qilinib, fuqaro Z.M.ga asossiz olib qo`yilgan 8 soat darsi qaytarib berildi, shuningdek, sudga da`vo ariza kiritilishi natijasida sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy bo`sh yurgan kunlari uchun 963 000 so`m miqdorida ish haqi va ma`naviy zarar uchun 963 000 so`m kompensatsiya undirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mehnat qonunchiligini buzganligi uchun maktab direktoriga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik kodeksining 49-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi qo`llanildi.

S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
2-darajali yurist.