Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Konstitutsiyaviy islohotlar


Konstitutsiyaviy islohotlar/

           Shu yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini bir ovozdan ma’qullab, birinchi oʻqishda qabul qilgan edilar.
Loyihada Bosh qomusning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilgan. Ma’lumki, Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish parlament vakolati orqali hamda referendum oʻtkazish, ya’ni  fuqarolarning umumxalq ovoz berishi yoʻli orqali amalga oshiriladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum oʻtkazish yoʻli orqali oʻzgartirishni taklif qildi. Qonun loyihasi 25-iyun kuni umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan edi. Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qonun loyihasining ommaviy muhokamasi 1-avgustgacha davom etadi.
Muhokama yakunlangandan soʻng Konstitutsiyaviy komissiya uning yakunlari natijalarini Oliy Majlisga kiritadi. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi qonun talabiga koʻra, referendum Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi (13-modda). Prezident referendum oʻtkazish tashabbuskori boʻlgan taqdirda u Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum oʻtkazish toʻgʻrisida oʻz qarorini qabul qilishi mumkin.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi referendum oʻtkazish tashabbusini koʻrsatish toʻgʻrisidagi materiallarni va mas’ul qoʻmitaning xulosasini ikki hafta ichida koʻrib chiqib, referendumni tayinlash va uni oʻtkazishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida, referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida yoki  referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni referendum oʻtkazmasdan turib qabul qilish haqida qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis palatalarining referendumni oʻtkazish va referendum oʻtkaziladigan sanani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarida uni oʻtkazish sanasi belgilanadi, bunda ovoz berish palatalarning qarorlari e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan uch oygacha boʻlgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar xalqimiz, jamiyatimiz va davlatimiz hayotida tub islohotlarning amalga oshirilishida mustaqil davlatchilik poydevorini yanada mustahkamlashga  huquqiy zamin boʻlib xizmat qiladi
Shuningdek Inson huquqlarini himoya qilish doirasida Konstitutsiyaning 22-moddasiga quyidagi yangi qoidalar kiritilmoqda, ya’ni  Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas, davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Amaldagi 22-modda esa quyidagicha Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi deb belgilangan.

Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi boshligʻi              
U.Atadjanov