Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Konstitutsiyaviy islohotlar: ekologik muammolarni echimini topishning yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya va sog'liqni saqlash masalasi


Konstitutsiyaviy islohotlar: ekologik muammolarni echimini topishning yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya va sog'liqni saqlash masalasi

Barchamizga ma'lumki, “O'zbekton Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda.
Unga ko'ra, Konstitutsiyamizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o'zgartish va qo'shimchalar, 16 ta normani o'z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo'shish taklif etilmoqda.
Mazkur taklif etilayotgan normalarga xalqimizni munosabatini Referendum o'tkazish yo'li bilan aniqlash rejalashtirilgan.
Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga ekologik muammolarni echimini topishning yangi bosqichi va sog'liqni saqlash masalasi yangi modda qo'shish ilgari surilgan.
Hususan, bu borada Konstitutsiya loyihasining 40-moddasiga quyidagi normalarni qo'shish taklif etilyapti:
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o'z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli.
Davlat sog'liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash, tibbiy sug'urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha zarur choralar ko'radi.
Davlat barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo'yicha zarur choralar ko'radi.
Shuningdek, 401-modda ham qo'shiladi:
Ushbu normada har kim sog'lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo'lish hamda o'z sog'lig'iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli etkazilgan zararning o'rni qoplanishi huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.
Shu kabi normalar bilan yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilishi lozim.

Mansurbek Nuraddinov,
To'rtko'l tumani adliya bo'limi boshlig'i