Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida


Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilning
6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risidagi nizom bilan adliya organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab berilgan. Shunga muvofiq tuman adliya bo’limi tomonidan murojaatlar bilan ishlash, xalqni rozi qilish va fuqarolarning huquqiy savodsizligiga barham berish masalalarida bir muncha ishlarni amalga oshirdi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risida”gi Nizom bilan adliya organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab berilgan. Shu munosabat bilan, tuman Adliya bo’limi tomonidan murojaatlar bilan ishlash, xalqni rozi qilish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalarida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2021-yilning 6 oyi davomida Beruniy tuman Adliya bo’limiga jami
354 ta turli yo’nalishlarda xat va hujjatlar kelib tushgan. Ushbu hujjatlar qonunda belgilangan tartibda hal etilishi bilan birgalikda, tuman tashkilotlari tomonidan ayrim hollarda jiddiy xatokamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Shundan kelib chiqib, tegishli tartibda korxona va tashkilotlarga jami 110 ta taqdimnoma, 205 ta ogohnoma kiritilgan. Jami 91 nafar mas’ullar intizomiy jazoga, 30 nafar mas’ullar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 1 ta jinoiy taklif va 138 ta da’vo arizalar kiritilgan.
Tuman Adliya bo`limiga 2022-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 184 ta murojaat kelib tushgan, mazkur murojaatlarning
181 tasi hal etilib, hal etilgan murojaatlarning 163 tasi (88,5 %) qanoatlantirildi,
18 tasiga tushuntirish berilib, 1 tasi tegishliligi bo`yicha yuborildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa                            normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 3 ta taklif, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 11 ta taklif ishlab chiqildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-fevraldagi 71-soni qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom”ning
40-bandida prokuratura organlari va adliya organlari ushbu nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshirishi, tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “Yerelektron” AAT orqali amalga oshirilishi ko`rsatilgan.
Ushbu nizom ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman tashkilotlarining “YERELEKTRON” AAT orqali qilingan ishlari muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.
2022-yilning 6 oyi davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquqiy targʻibot boʻyicha 1086 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 547 ta, 490 ta ogʻzaki, 49 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Bunda aholiga uyma-uy yurish orqali manzilli targ’ibot tadbirlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali va og’zaki huquqiy targ’ibot tadbirlari amalga oshirilgan.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni
585 tani tashkil etdi.


Inson huquqlarini himoya qilish va
huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish
bo`limi etakchi maslahatchisi maslahatchisi
V.Turaniyazov